Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda noqonuniy janglarga qarshi choralar kuchaytiriladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 12 mart kuni kiberjinoyatlar, uyushgan jinoyatchilik va axborot texnologiyalaridan foydalanib sodir etiladigan huquqbuzarliklarning oldini olish samaradorligini oshirish yuzasidan tayyorlangan takliflar taqdimoti bilan tanishdi. Unda, xususan, jangovar sport turlari bo‘yicha yashirin ravishda tashkil etilayotgan noqonuniy janglarga qarshi choralarni kuchaytirish masalasiga alohida e’tibor qaratildi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Taqdimotda so‘nggi vaqtlarda jangovar, ya’ni aralash sport turlari bo‘yicha noqonuniy janglar yashirin tarzda tashkil etilayotgani va ularda yoshlar ham ishtirok etayotgani qayd etildi. Shu bilan birga, bu kabi holatlar uchun amalda aniq javobgarlik choralari mavjud emasligi ko‘rsatib o‘tildi.
Shu bois, qonun hujjatlariga mazkur xavf-xatarlarning oldini olish, ularga qarshi keskin kurashish va bunday illatni tag-tomiri bilan bartaraf etishga qaratilgan yangi normalarni kiritish zarurligi ta’kidlandi.
Xususan, og‘ir va o‘ta og‘ir turdagi jinoyatlarni sodir etish maqsadida jinoiy uyushma tashkil etganlik, uni moliyalashtirganlik, shuningdek, bunday tuzilmalar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarni yashirishga homiylik qilganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilash taklif etildi.

Shuningdek, jangovar sport turlari bo‘yicha musobaqalarni noqonuniy tashkil etganlik va o‘tkazganlik uchun jinoiy javobgarlik, qonunga zid ravishda tashkil etilgan musobaqalarda ishtirok etganlik uchun esa ma’muriy javobgarlik joriy etish taklif qilindi. Bundan tashqari, bezorilik jinoyati uchun jazo choralarini kuchaytirish ham nazarda tutilmoqda.
Mavzuga oid
20:24 / 08.05.2026
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini Xotira va qadrlash kuni bilan tabrikladi
17:37 / 08.05.2026
Prezident Xotira kuniga bag‘ishlangan tadbirlarda ishtirok etdi, faxriylar holidan xabar oldi
18:21 / 07.05.2026
Prezident jamoat transportini aglomeratsiya tizimi asosida rivojlantirishni buyurdi
17:56 / 07.05.2026