Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston banklaridagi oltin va kumush tangalar qoldig‘i ma'lum qilindi
Foto: Markaziy bank
O‘zbekiston Markaziy banki esdalik oltin va kumush tangalarning bank filiallaridagi qoldig‘i bo‘yicha ma'lumot berdi.
2018 yil 11 dekabr holatiga O‘zbekiston banklaridagi oltin va kumush tangalar qoldig‘i mos ravishda 738 hamda 2920 donani tashkil etdi.
Bundan ko‘rinib turibdiki, o‘tgan bir hafta davomida 139 dona oltin va 1002 dona kumush tanga sotilgan. 4 dekabr holatiga O‘zbekiston banklaridagi oltin va kumush tangalar qoldig‘i mos ravishda 877 va 3922 donani tashkil etgan.
Sotuvga jami 1900 dona oltin hamda 6900 dona kumush esdalik tangalari qo‘yilgandi.
Sotuvga 1994-2009 yillarda zarb etilgan, 2 xil oltin hamda 14 xil kumush esdalik tangalari qo‘yilgan bo‘lib, ularning asillik darajasi 999,9 hamda og‘irligi 31,1 grammdan iborat. Esdalik tangasining og‘irligi, ishlab chiqarish xususiyatlaridan kelib chiqib, ko‘rsatilgan parametrlardan 0,01 grammga farq qilishi mumkin.
Mavzuga oid
09:30 / 14.02.2026
Markaziy bank qo‘mitasi: 4 to‘lov tashkiloti ogohlantirildi, 8 ta tashkilotga jarima
16:42 / 05.02.2026
Islomiy bank faoliyatining joriy etilishiga oid qonun Senatda ma’qullandi
13:20 / 29.01.2026
«Moliyaviy xizmatlarni ko‘rsatishda monopoliya tarafdori emasmiz» - Timur Ishmetov
11:11 / 29.01.2026