Markaziy bankning Bank nazorati qömitasi tomonidan 2026 yil yanvar oyida ötkazilgan yiğilişlar davomida jami 27 ta masala körib çiqilib, tegişli qarorlar qabul qilindi.
Röyxatga oliş va ruxsat beriş yönalişida 17 ta masala muhokama qilindi. Ular orasida kredit taşkilotlari ustaviga kiritilgan özgartirişlarni röyxatdan ötkaziş, ustav fondidagi uluşga egalik qiliş uçun ruxsat beriş, tölov taşkilotlariga litsenziya beriş hamda tijorat banklari kuzatuv kengaşi va boşqaruvi a’zolari, şuningdek muhim ahamiyatga ega xodimlar nomzodlarini körib çiqiş masalalari bor.
Şuningdek, BARAKA BIZNES HAMKOR MIKROMOLIYA TASHKILOTI va EFFECTIVE MONEY MIKROMOLIYA TASHKILOTI mas’uliyati çeklangan jamiyatlari öz arizasiga köra mikromoliya taşkilotlari reyestridan çiqarildi. IT UNISOFT GROUP aksiyadorlik jamiyatiga berilgan tölov tashkiloti litsenziyasi ham uning arizasi asosida bekor qilindi.
Qömita kredit taşkilotlarining moliyaviy holatiga oid 10 ta masalani ham körib çiqdi. Unda Markaziy bank körsatmalari va prudensial me’yorlarga rioya etilişi, ötkazilgan inspeksiya natijalari, bank xizmatlari iste’molçilari huquqlarini himoya qiliş hamda tölov taşkilotlari tomonidan belgilangan talablarga amal qilinişi muhokama qilindi.
Qonunçilik talablariga muvofiq faoliyat yuritmaganligi uçun 4 ta tölov taşkilotiga nisbatan qat’iy çoralar qöllanişi haqida ogohlantiriş berildi. Korporativ bank kartalariga xizmat körsatiş jarayonida qonunçilik talablari buzilgani hamda inspeksiyalar davomida aniqlangan kamçiliklar uçun 7 ta bank va 1 ta mikromoliya taşkilotiga jarima sanksiyalari qöllanildi.
Bundan taşqari, bank faoliyatida aniqlangan kamçiliklarni bartaraf etiş böyiça körilgan çoralar samara bermagani, jumladan ustav kapitali qonunçilikda belgilangan eng kam miqdorga yetkazilmagani va qator talablar bajarilmagani sababli YANGI BANK aksiyadorlik jamiyatining bank faoliyatini amalga oşiriş litsenziyasi bekor qilindi.

















