Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda 5 grammli oltin quymasining narxi 10,8 million so‘mdan oshdi
O‘zbekiston bozorida oltin quymalar narxi 1 gramm uchun 2,2 mln so‘mga yaqinlashdi. 2026 yil boshidan beri narx oshishi 25,5 foizni tashkil etyapti. Jahon bozorida ham oltin bahosi sezilarli darajada qimmatlab, 1 unsiyasi uchun 5600 dollarga yaqinlashdi.
Foto: Markaziy bank
Markaziy bank doimiy ravishda o‘lchovli oltin quymalarining narxlarini yangilab boradi. 29 yanvarda e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, 5 grammli oltin quymasining narxi 10 mln 864 ming so‘mni tashkil qildi. Quymalar narxi 1 gramm uchun 2 mln 173 ming so‘mga baholanyapti.
2026 yilning boshidan beri oltin quymalar qariyb 25,5 foizga qimmatlashdi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Markaziy banki oltin va kumushdan tayyorlangan esdalik tangalarni 2018 yilda muomalaga chiqargan. 2020 yil noyabridan boshlab esa o‘zbekistonliklarda jamg‘armalarini quyma oltin shaklida saqlash imkoniyati ham paydo bo‘ldi: Markaziy bank 5, 10, 20 va 50 grammli oltin quymalarini tijorat banklari orqali sotuvga chiqardi.
Oltin quymalari narxlari xalqaro qimmatbaho metallar bozori kon’yunkturasidan kelib chiqib, Markaziy bank tomonidan kun davomida qayta ko‘rib chiqiladi. Shunga ko‘ra, narxlar doimiy o‘zgaruvchan xarakterga ega bo‘ladi.
100 grammli oltin quymalar O‘zbekistonda 2025 yil 17 yanvardan boshlab sotuvga chiqarilgan.
Jahon bozorida ham qimmatbaho metall bahosi unsiyada allaqachon 5500 dollardan oshib, yangi psixologik nuqta — 5600 dollarga yaqinlashyapti. Narxlarni rag‘batlantirayotgan asosiy omillar sifatida geosiyosiy keskinlikning saqlanib qolayotgani, AQSh dollarining zaiflashuvi va Federal zaxira tizimi (FZT) foiz stavkalarini pasaytirishi mumkinligi haqidagi kutilmalar keltirilyapti.
Mavzuga oid
21:51 / 28.01.2026
Yangi Bank'ni sotish masalasi ham ko‘rilgan, lekin investor topilmagan - Ishmetov
11:27 / 28.01.2026
Markaziy bank asosiy stavkani 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi
12:01 / 26.01.2026
Oltin narxi tarixda birinchi marta unsiya uchun 5000 dollardan oshdi
11:23 / 26.01.2026