O‘zbekiston | 12:36 / 13.12.2021
11650
1 daqiqa o‘qiladi

O‘n martadan ortiq tok urgan elektrik

"Elektrik umrida bir marta xato qiladi" deyishadi. Bu galgi qahramonimiz uzoq yillardan beri shu kasb bilan shug‘ullanib kelmoqda; elektriklik ortidan ro‘zg‘or tebratib, farzandlarini uyli-joyli qilgan.

Video thumbnail
{Yii::t(}
O'tkazib yuborish 6s

Yusupov Shavkatbek Baliqchi tuman elektr ta'minoti korxonasi navbatchi elektromontyori bo‘lib ishlaydi.

"Texnika xavfsizlik qoidalarini buzmagan holatda ishlasa, hech qachon shikast yetmaydi. Bu qoidalar qon bilan bo‘lgan voqealar bilan yozilgan. Kimdir ichidan o‘ylab topmagan. Shuning uchun qoidalarga rioya qilsak, jamoada hech kimga shikast yetmaydi. Shu sohaga kirib turib, uy-joy qildim. O‘g‘il-qizlarni uylab joyladim. O‘g‘limga ikki marta mashina olib berdim", deydi biz bilan suhbatda u.

Shavkatbek aka ishidan tashqari mahalladagi xonadonlarga ham elektromontyorlik qiladi. Ta'kidlashicha, faoliyati davomida 10 martadan ortiq kichik tok urishlarini boshidan o‘tkazgan

Qahramonimiz ikki marotaba mustaqillik munosabati bilan esdalik nishonlari bilan taqdirlangan. Uning farzandi ham ota kasbni tanlab, elektromontyor bo‘lib ishlamoqda.

Abduvali Qurbonov,

Tasvirchi Azizbek Ismoilov,

Montaj ustasi Boymirza Xalilov

Mavzuga oid