Migratsiya agentligi va Skills Provision Ltd kompaniyasi yuqori kuçlanişli elektr uzatiş tarmoqlari montajçilari uçun 500 ta iş örniga tanlov e’lon qildi.

Montajçilardan mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligiga rioya qiliş, elektrotexnika-lineyşçik işlarini bajariş, takelaj, blokirovka va podveskalarni örnatiş, yerlaş va peremyçkalarni bajariş, joyida metall elementlarni almaştiriş, texnik çizmalarni öqiş hamda aniqlik, javobgarlik va jamoada işlaş talab etiladi.

Iş vaqti mavsumga qarab turliça böladi. Xususan, qiş oylarida haftasiga 39 soat, yoz oylarida esa haftasiga 60 soatni taşkil qiladi. Iş haqi soliqdan keyin taxminan 3400 funt sterling (4400 AQŞ dollari)ga teng bölib, qöşimça iş uçun tölovlar ham bor.

Nomzodlar 23−45 yoş oraliğida bölişi, Elektrotexnika yoki yaqin yönaliş böyiça oliy ma’lumotga, kamida 3 yillik tegişli iş tajribasi hamda B2 darajasidan kam bölmagan ingliz tili bilimi (xalqaro sertifikat bilan)ga ega bölişi talab etiladi. Malaka talablari esa 110 kV va undan yuqori bölgan yuqori kuçlanişli havo liniyalarida tayançlarni quriş, xizmat körsatiş, yiğiş, balandlikda işlaş hamda provodlarni tortiş (tension/stringing) böyiça amaliy tajribaga ega bölişdan iborat.

Iş beruvçi tomonidan mehnat vizasi xarajatlari, tibbiy suğurta va iş kunlarida yaşaş uçun kunlik 60 funt sterling (working away allowance — uydan uzoqda işlaganlik uçun nafaqa) ta’minlanadi.

Ovqatlaniş xarajatlari xodim hisobidan tölanadi. Iş joyiga yetib boriş xarajatlarining 50 foiz qismi iş beruvçi tomonidan qoplab beriladi,

Tanlovda qatnaşiş uçun uşbu havola orqali röyxatdan ötiş mumkin.

Murojaat uçun telefon: 1282, 71 202−33−55 (içki raqam 133 iş kunlarida).