Andijon viloyati Baliqçi tumani hokimining örinbosari tezkor tadbirda qölga olindi.

Ma’lum qilinişiça, DXXning Andijon viloyati böyiça boşqarmasi xodimlari tomonidan Boş prokuratura huzuridagi departament bilan hamkorlikda tezkor tadbir ötkazilgan. Unda Uy-joy kommunal xöjaligi bölimi boş mutaxassisi va tibbiy xizmat körsatişga ixtisoslaşgan MÇJ xodimi Baliqçi tumani hokimligi zahirasida bölgan 3,75 gektar yer maydonining 1,75 gektarini “E-auksion” orqali arzon narxda olib beriş, qolgan 2 gektarini esa 2019 yildagi sana bilan tuman hokimining qarorini tayyorlab, xaridor nomiga rasmiylaştirib beriş evaziga 30 ming AQŞ dollari olgan vaqtlarida uşlangan. 

Tergovga qadar tekşiruv davomida ular uşbu masalani tuman hokimining örinbosari orqali hal etişlari aniqlanib, tezkor tadbir davom ettirilgan hamda hokim örinbosari 30 ming AQŞ dollarini olgan vaqtida qölga olingan.

Hozirda ularga nisbatan jinoyat işi qözğatilgan. Tuman hokimi örinbosari va Uy-joy kommunal xöjaligi bölimi boş mutaxassisiga nisbatan qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi qöllangan.