Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident videoselektor vaqtida Qashqadaryo viloyati hokimining birinchi o‘rinbosarini ishdan olishga ko‘rsatma berdi
Prezident Qashqadaryo viloyati hokimining birinchi o‘rinbosarini ishdan olishga ko‘rsatma berdi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 23 iyul kuni kichik biznes va tadbirkorlikni yanada rivojlantirish masalalariga bag‘ishlab o‘tkazilgan videoselektor davomida Qashqadaryo viloyati hokimi birinchi o‘rinbosari va viloyatning bosh soliqchisini ishdan olish bo‘yicha ko‘rsatma berdi.
«Bular qancha gapirishimizga qaramasdan olib borilayotgan ishlarni tushuna olmayapti va tushunishni xohlamayapti.
Ro‘ziyev (Qashqadaryo viloyati hokimi Zafar Ro‘ziyev - tahr), soliqchingniyam, birinchi muoviningniyam bugunning o‘zida ishdan olib tashla», degan prezident.
Ma'lumot uchun, 2016 yildan buyon Xurram Abdurazaqovich Jo‘rayev Qashqadaryo viloyati hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari hisoblanadi.
Qashqadaryo viloyati davlat soliq boshqarmasiga esa 2019 yil martidan buyon Ravshanjon Azimovich Nasimov rahbarlik qilib kelayotgandi.
Mavzuga oid
19:29 / 16.12.2025
Prezident: shaharning barcha ko‘chalaridagi ariqlarda suv aylanishi kerak
18:44 / 16.12.2025
«Endi poytaxtda boshqaruv o‘zgaradi». Prezident – Toshkentning kelgusi yillardagi taraqqiyoti haqida
15:16 / 14.10.2025
Soliqlar vaqtida to‘langan mahallalarga «Tashabbusli budjet»da qo‘shimcha mablag‘ ajratiladi
15:09 / 14.10.2025