Prezident Şavkat Mirziyoyev Toşkent şahri IIBB boşliği Ravşan Sultonxöjayev hamda Toşkent şahar prokurori vazifasini bajaruvçi Anvar Örmonovga «hayfsan» berib, olti oylik sinov muddati tayinladi.
Videoselektor yiğilişida Toşkent şahar içki işlar tizimidagi tergovçi va suriştiruvçilar faoliyatida sifat yöqligi körsatib ötildi. Masalan, xodimlarda malaka yetişmagani uçun ötgan yili 833 ta holat böyiça jinoyat işi qözğatilmay, hisobdan yaşirilgan.
«Şaharda jinoyatçilik 2 mingtaga kamaytirildi» deb hisobot berilgani bilan poytaxtdagi 26 ta mahalla «qizil», 465 tasi «sariq» toifada qolgan.
Respublikadagi 208 ta tuman içida Çilonzor oilaviy zöravonlik, talonçilik, bezorilik böyiça, Yunusobod bosqinçilik böyiça birinçi örinda. Yoki ötgan yili Yaşnobod va Mirobodda qotillik, Olmazorda tan jarohati, Şayxontohurda talonçilik holatlari eng köp bölgan.
Şu bois, yaqinda uşbu tumanlar içki işlar boşliqlarining barçasi yangi qöyildi. Ular taşabbus qilib, hududida jinoyatçilikni jilovlaş böyiça keskin özgariş qilişi kerakligi körsatib ötildi.
Jinoyatlarni foş qiliş va oldini oliş örniga Toşkent şahar IIBB boşliği Ravşan Sultonxöjayev va Toşkent şahar prokurori v.b. Anvar Örmonov faqat mikroavtobusda şahar aylaniş bilan bandligi tanqid qilindi.
Ular 12 ta tuman hokimi, içki işlar boşliği, prokurori, «mahalla yettiligi» va jamoatçilik bilan hamjihat işlasa, 7,5 mingta jinoyatning oldini olişi mumkin bölgani qayd etilgan.
«Ming afsus bu narsalar yöq. Endi sizlarni nazorat qiladigan tizim böladi: neçada işga kelasan va nima iş qilyapsan, nima uçun oylik olyapsan? Özbekiston poytaxtini kimga işonib qöyganman?» – degan davlat rahbari.
Sultonxöjayev va Örmonovga «hayfsan» berilib, olti oylik sinov muddati tayinlanişi belgilandi.












