Prezident raisligidagi yiğilişda Toşkent şahridagi yirik bozorlar va gavjum joylarda jamoat xavfsizligini ta’minlaş böyiça gvardiya, içki işlar va favqulodda vaziyatlar idoralarining hamkorligi yetarli emasligi körsatib ötildi.

Ötgan yili bozorlar va parklarda 87 ta jinoyat sodir etilgan, şaharda jami 774 ta yonğin yuz bergan.

Bozorlarni raqamlaştiriş juda sustligi, hozirça faqat «Çorsu» va «Farhod» bozorlarida situatsion markaz taşkil qilingani qayd etildi.

Içki işlar vazirining axborot texnologiyalariga mas’ul örinbosari Zufar Qurbonov tayinlaganiga ikki yildan oşgani, lekin tizimni raqamlaştiriş böyiça hali sezilarli natija körinmayotgani tanqid qilindi.

Şu va boşqa tizimli muammo hamda kamçiliklar birinçi navbatda rahbarlarning aybi ekani ta’kidlandi.

Şu bois, bunga mas’ul vazir örinbosari Bekmurod Abdullayev va respublika profilaktika boşliği Hotam Qodirov işdan olingan edi.

Uç yil oldin Içki işlar vazirligida taşkil qilingan kiberjinoyatçilikka qarşi kuraşiş boşqarmasining işi hali körinmayotgani qayd etildi.

Masalan, ötgan yili poytaxtda kiberjinoyatlar soni 16 mingdan ortib, fuqarolar qariyb 2 trillion söm moddiy zarar körgan bölsa, ularni foş etiş 8 foizga ham bormayapti.

Jinoyatçilar bank tizimidagi böşliqdan, aholining işonuvçanligidan va texnologik bilimi yetişmasligidan foydalanmoqda.

«Içki işlar va prokuraturaga bu yönalişda barça masalalarni hal qilib berganman. Qani natija? Bank va tölov taşkilotlarida himoya tizimlarini joriy etiş qaçon yakunlanadi?» – deya mutasaddilar oldiga savol qöygan davlat rahbari.