Jahon | 15:44 / 29.06.2023
26316
4 daqiqa o‘qiladi
Rossiyaliklar vertolyotlarga, ukrainlar dronlarga tayanmoqda. Urush suratlari
Ukrainada urushning 490-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- The New York Times nashri AQSh maxsus xizmatlari ma’lumotiga tayanib, general Sergey Surovikin Prigojinning isyon uyushtirish rejasidan xabardor bo‘lgani haqida yozdi. RF prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov bu xabarni «spekulyatsiya va g‘iybat» deb atadi. The Moscow Times nashri o‘z manbasiga asoslanib, Surovikin qo‘lga olingani haqida xabar tarqatgan, ammo bu ma’lumot hozircha rasmiy manbalarda tasdiqlanmagan.
- Ivanovo oblasti gubernatori Vagner XHK isyoni vaqtida urib tushirilgan Il-22 samolyoti ekipaji halok bo‘lganini tasdiqladi. Region rahbari bortda necha kishi bo‘lganiga aniqlik kiritmagan.
- Rossiya rasmiylari ilk marta «diversantlar»ning Belgorod oblastiga iyun oyi boshida amalga oshirgan reydi oqibatida halok bo‘lganlar borligini tan oldi: 14 kishi halok bo‘lgan, 10 kishi asir tushgan.
- Kramatorskda rossiyaliklar raketasi zarbasi oqibatida halok bo‘lganlar soni 12 nafarni tashkil etdi, yana 60 dan ortiq kishi jarohatlangan. Kremldagilar RF qurolli kuchlari fuqarolik infratuzilmasiga zarba bermasligini ta’kidlagan. Rossiya mudofaa vazirligi Kramatorskda Ukraina qurolli kuchlari harbiylari dislokatsiya manzili nishonga olinganini iddao qildi.
- Odessa sudi Mikolayiv oblasti prokuraturasining sobiq rahbari Gennadiy Germanni umrbod qamoq jazosiga hukm qildi. U davlatga xiyonat qilishda aybdor deb topildi. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, German Rossiya maxsus xizmatlari bilan hamkorlik qilgan va ularga Ukraina qurolli kuchlari hamda regiondagi vaziyat haqida ma’lumot yetkazib turgan.
Kun kadri. Donetsk o‘qqa tutilishi oqibati
Zaporijjya oblastidagi rossiyalik vertolyotchilar
Donetsk oblastida dron uchirayotgan ukrainalik askarlar
Frontning turli chekkalaridan suratlar
Mavzuga oid
05:07
Bayden Ukrainaga ATACMS raketalari bilan Rossiya ichkarisiga zarba yo‘llashga ruxsat berdi
16:28 / 17.11.2024
Frontdagi vaziyat: Ukraina qurolli kuchlari mudofaasi ko‘plab uchastkalarda qulamoqda
14:24 / 17.11.2024
«Eng yirik havo hujumlaridan biri». RF qo‘shini Ukraina bo‘ylab yopirilma zarbalar uyushtirdi
10:05 / 17.11.2024