Amerika maxsus xizmatlarining hisoblaşiça, general Sergey Surovikin «Vagner» XHK asosçisi Yevgeniy Prigojin isyonga tayyorlanayotgani töğrisida oldindan bilgan. Bu haqda The New York Times naşri razvedka ma’lumotlari bilan taniş bölgan bir neça manbalariga tayangan holda xabar berdi.
Endilikda, NYT manbasi sözlariga köra, AQŞ rasmiylari Surovikin bu rejani işlab çiqişda iştirok etgan yoki yöqligini aniqlaşga urinmoqda.
Naşr suhbatdoşlariga köra, Prigojin tomonidan amalga oşirilgan RF mudofaa vazirligi rahbariyatini kuç bilan özgartirişga qaratilgan urinişni boşqa generallar ham qöllab-quvvatlagan bölişi mumkin. Naşr manbalari fikriça, agar yuqori martabali mulozimlar orasida tarafdorlari borligiga amin bölmaganida, Prigojin isyon kötarmagan bölardi.
Yuqori martabali amerikalik mulozimlarning fikriça, general Surovikin va Prigojin örtasidagi ittifoq «Vagner» XHK asosçisi Rossiyaning yirik harbiy markazini kuç bilan egallab, Moskva tomon qurolli yurişga buyruq berganiga qaramay nega hamon tirik qolayotganini izohlaşi mumkin.
NYT suhbatdoşlari fikriça, endi RF prezidenti Vladimir Putin Surovikin Prigojinni qöllaganiga işonadimi va bunga qanday munosabatda bölişi kerakligini hal qilişi kerak.
Naşr manbalari Putin bölgan işlar uçun barça aybni Prigojinning zimmasiga yuklaşga qaror qilişi mumkinligini istisno etişmaydi. Ammo, agar Surovikinning bu isyonga jalb etilganiga oid aniq dalillar keltirilsa, Putinda uşbu generalni qömondonlikdan çetlaştirişdan özga çora qolmaydi, deb hisoblamoqda ular.
Ğarbda Rossiya qömondonligining boşqa vakillaridan köra köproq layoqatli va beşafqat harbiy boşliq sifatida baholanadigan Surovikinning çetlatilişi, şubhasiz, qarşi hujumga ötgan Ukrainaning foydasiga xizmat qiladi.
NYT suhbatdoşlari qayd etişiça, AQŞ va uning ittifoqçilari hozirça röy bergan hodisa haqida faqat dastlabki ma’lumotlarga egaligini ta’kidlamoqda, rasmiylar Rossiya propagandasi isyonni Ğarb uyuştirgani haqida jar solişga ortiqça asoslar qoldirmaslik uçun bu mavzu böyiça bayonotlar berişdan tiyilmoqda.
- Yevgeniy Prigojin bir neça bor Sergey Surovikinni oçiqçasiga maqtagandi. Prigojin isyon boşlangani haqida e’lon qilganidan köp vaqt ötmay Sergey Surovikinning murojaati tarqaldi, unda general «Vagner» XHKni «töxtaş»ga va «barça masalani tinç yöl bilan hal etiş»ga çaqiradi. Şuningdek, «Vagner» jangçilariga Rossiya boş ştabi boş boşqarmasi boşliğining birinçi örinbosari, general-leytenant Vladimir Alekseyev ham murojaat yöllagan. Ikki video ham bitta xonada yozib olingan.


















