Rossiyaning Ukrainadagi qöşinlari boş qömondoni örinbosari, Rossiya havo-kosmik kuçlari qömondoni general Sergey Surovikin hibsga olingan, deb xabar bermoqda The Moscow Times RF mudofaa vazirligiga yaqin bölgan ikki manbaga tayanib. Bu ma’lumot boşqa manbalar tomonidan tasdiqlanmagan.
Naşr manbalari sözlariga köra, Surovikinning hibsga olinişi «Vagner» XHKning qurolli isyoni bilan boğliq bölişi mumkin.
«Prigojin kontekstida yangiliklar böladi. Aftidan, u [Surovikin] [isyon vaqtida Prigojinning] tomonini olgan va uni uşlaşgan», — degan naşr manbasi. Jurnalistning general ayni vaqtda qayerdaligi haqidagi savoliga u şunday javob qaytargan: «Bu ma’lumotni bizda hatto içki kanallar böyiça ham izohlaşmaydi».
Bundan avvalroq Ukrainadagi uruşda Rossiya tarafdori bölgan telegram-kanallarda ham Surovikin qölga olingani haqida xabarlar tarqalgandi. Xususan, harbiy muxbir Vladimir Romanov generalni 25 iyun kuni, ya’ni «Vagner» XHK isyoni tugaganidan keyingi kuniyoq uşlaşganini aytgan.
Xabarda Surovikinning örinbosari, general-polkovnik Andrey Yudin ham qölga olingani aytilgandi. Yudin özi bu ma’lumotni rad etib, ta’tilga çiqqani va ayni vaqtda uyda ekanini, Surovikin qayerdaligi töğrisida bilmasligini aytib çiqdi.

«Exa Moskva»ning sobiq boş muharriri Aleksey Venediktov general Surovikin oilasi bilan gaplaşmaganini yozdi.
«Armiya generali Surovikin uç kundan buyon öz oilasi bilan aloqaga çiqmayapti. Uning tansoqçisi ham javob bermayapti. Menda faqat şu faktlar bor», — deya yozdi u öz telegram-kanalida 28 iyun kuni general qölga olingani haqida tarqalgan xabarlar yuzasidan.
- 23 iyun kuni «Vagner» XHK rahbari Yevgeniy Prigojin RF mudofaa vazirligiga qarşi «adolat marşi» boşladi, uning doirasida yollanma jangçilar Moskvaga kirişi közda tutilgandi. Keyingi kun tongda vagnerçilar Rostov-Donni egalladi va Lipetsk oblastiga qadar yetib borişdi. «Marş» Prigojin va Rossiya hukumati örtasidagi kelişuv bilan tugadi, unga köra, «Vagner» XHK safida qolişni tanlagan yollanma jangçilar «Belarusga ketişi mumkin».


















