Ukrainadagi uruşning 489-kuni ötdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • 27 iyun kuni keçqurun rossiyalik harbiylar Kramatorsk böylab raketa zarbasi yölladi. Donetsk oblasti rahbari Pavel Kirilenkoga köra, raketalardan biri odamlar ötirgan restoranga kelib tuşgan. 28 iyun kuni ertalabki ma’lumotlarga köra, hujum qurbonlari soni ön nafarni taşkil etmoqda, yana 61 kişi jabrlangan. 
  • Putin Kremlda harbiylar va boşqa kuçişlatar tuzilmalar vakillari qarşisida çiqiş qildi. U bu tuzilmalar amalda «fuqarolik uruşini töxtatişgani»ni e’tirof etdi.
  • Aleksandr Lukaşenko Prigojin ayni vaqtda Belarusda ekanini ma’lum qildi.
  • Rosgvardiya rahbari Viktor Zolotov öz tuzilmasida oğir qurollar va tanklar paydo bölişini aytdi. Prigojinning isyoni yuzasidan izoh berarkan (isyon yakunlanganidan uç kun ötib), u «bu isyon Ğarb tomonidan yölga solingani»ni aytdi.
  • FXX Rossiyadagi qurolli isyon böyiça işni yopdi. RF mudofaa vazirligidagilar «Vagner» XHK harbiy texnikalari Rossiya armiyasiga ötkazilişini ma’lum qildi.
  • Prigojinning isyoni vaqtida ğarbdagi ittifoqçilar Ukrainadan «qayiqni çayqaltirmaslik» va Rossiya hududlariga zarba bermaslikni söragan, demoqda CNN manbalari. Telekanal ma’lumotiga köra, Amerika razvedkasi Prigojinning rejasi tafsilotlaridan boxabar bölişgan.

Kunning asosiy voqeasi. Kramatorsk böylab zarba

27 iyun kuni keçqurun Rossiya qöşini Kramatorsk şahrini «Iskander» rusumli ikkita raketa bilan öqqa tutdi, deya tasdiqlagan Ukraina boş prokurori. Avvaliga zarba S-300 tizimining ikki raketasi bilan yöllangani aytilayotgandi, bu haqda, xususan Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy ma’lum qilgan.

Asosiy zarba Kramatorsk markaziga berilgan: natijada Ria Pizza restorani vayron bölgan, bu vaqtda bu yerda önlab kişilar bor edi, zarbadan keyin hududda yonğin boşlangan. Donetsk oblasti ma’muriyati rahbari Pavel Kirilenkoga köra, hujum oqibatida jami 18 ta köp qavatli uy va 65 ta xususiy uy, beşta maktab, ikkita bolalar boğçasi, savdo markazi, mehmonxona va boşqa binolar şikastlangan. Ikkinçi raketa Kramatorsk taşqarisidagi Belenkoye qişloğiga kelib tuşgan, prokuraturaning 27 iyun kuni berilgan ma’lumotiga köra, mahalliy aholi vakillaridan beş kişi jabrlangan.

Şaharga zarba oqibatida kamida ön kişi halok böldi. Boş prokuror Andrey Kostinga köra, qurbonlar orasida — 14 yoşli opa-singillar hamda 17 yoşli yana bir qiz bor. Ukraina milliy politsiyasidagilar 61 kişi turli darajada tan jarohatlari olganini ma’lum qilgan. Jabrlanganlar orasida — 2022 yilda tuğilgan sakkiz oylik çaqaloq ham bor.