Jamiyat | 09:52 / 17.08.2018
74630
2 daqiqa o‘qiladi

Video: Andijondagi bozorda olomon tomonidan «samosud» qilinayotgan ayol o‘zini soyga tashladi

Ijtimoiy tarmoqlarda «samosud» holati tasvirlangan yana bir video tarqaldi. Unda Andijon viloyatining Shahrixon tumanida o‘g‘rilikda gumonlanib, olomon tomonidan kaltaklangan katta yoshli ayol qochish uchun o‘zini soyga tashlab, oqib ketganini ko‘rish mumkin.

Xalq deputatlari Uchtepa tuman kengashi deputati Nuriddin Zaynitdinov ushbu holatga o‘z munosabatini bildirdi.

«Ijtimoiy tarmoqlarda bugun tarqalgan yana «bozorchi»lar tomonidan Andijon viloyatining Shahrixon tumanida o‘g‘rilikda gumonlanib, olomon tomonidan samosud qilinayotgan katta yoshli ayol qochish uchun o‘zini soyga tashlab, oqib ketgani aks etgan video tarqaldi.

Insonlar borgan sari, ilmsizlik va dunyoqarashining torligidan tubanlashib bormoqda. Aqli raso inson hazm qilolmaydigan ishlar bo‘lmoqda.

Oldin ta'kidlaganimdek, kim bo‘lishidan qat'i nazar bunday holatga yo‘l qo‘yilishi mumkin emas! Hech qachon!

Jamiyat u qanday jamiyat bo‘lmasin, u albatta qonun-qoida asosida, tartib-intizom bilan yashashni istaydi, shundagina millat, xalq birligi, totuvligiga erishiladi.

Odil sudlovning faqat sud tomonidan amalga oshirilishi shart», - deb yozadi deputat.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qoraqalpog‘istonda «samosud» yuz bergani, o‘g‘rilikda gumonlanuvchini qo‘lidan osishgani xabar qilingandi.

Mavzuga oid