Ular yoş ayolni ovloq joyga majburan olib borib, soçini olib taşlagan.

Andijonda ayolning soçini majburan olib taşlagan beş nafar şaxs uşlandi. Holat yuzasidan viloyat Içki işlar boşqarmasi tomonidan tezkor suriştiruv işlari olib borilib, jinoyat işi qözğatildi.

Aniqlanişiça, 1991 yilda tuğilgan ayol 1998 yilda tuğilgan boşqa bir ayolni turmuş örtoği bilan işqiy munosabatda bölganlikda ayblab, undan qasos olişni rejalaştirgan. Keyin ikki nafar erkakni çaqirib, ayolni ovloq joyda soçini olib taşlaşni buyurgan.

Oqibatda ayol beş nafar şaxs tomonidan avtomobilga majburan ötqazilib, Andijon tumani Jyevaçi mahallasi hududidagi xilvat joyda soçi maşinka bilan olib taşlangan. Jarayon videoga olinib, ijtimoiy tarmoqlarga joylangan.

Holat yuzasidan Andijon şahri böyiça Içki işlar organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş boşqarmasi huzuridagi tergov bölimi tomonidan Jinoyat kodeksining 137-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan.

Gumonlanuvçi sifatida beş nafar şaxs protsessual tartibda uşlangan. Hozir jinoyat işi yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.