O‘zbekiston | 11:19 / 13.05.2023
14560
2 daqiqa o‘qiladi

“Ezgulik” raisi rasmiylarni nashida sabab qamalayotganlar masalasiga e’tibor berishga chaqirdi

Inson huquqlari “Ezgulik” jamiyati raisi Abdurahmon Tashanov Kun.uz'ga bergan intervyusida telefonidan nashid topilgani yoki uni kimgadir yuborgani uchun qamalayotganlar soni oshib borayotgani haqida gapirib, hukumatni bu jiddiy vaziyat haqida o‘ylab ko‘rishga chaqirdi.

“Birinchi ma’muriyat davrida hukumatning ma’naviy-huquqiy qiyofasi diniy ekstremizm bilan bog‘liq bo‘lib qolgan edi. Afsuski, hozir ham mana shu tendensiyaning xavfli bosqichida turibmiz.

O‘tgan yili Inson huquqlari “Ezgulik” jamiyatiga Toshkent shahar Uchtepa tumanida maktab o‘quvchilari ekstremizmda ayblanib qamalgani haqida xabar kelgandi. Ha, ularning jazosi keyinroq yengiliga almashtirildi, lekin bu tendensiya rivojlanib borib, 19-20 yoshdagi yoshlarni uzoq muddatga qamash boshlandi. O‘tgan yili 19 yoshli yigit 12 yil-u 3 oyga qamaldi. Bu holat tinimsiz o‘sib boryapti. Bizga yetib kelmayotgan ma’lumotlar qancha hali.

Abdurahmon Tashanov

Hukumatdagilar buni o‘ylab ko‘rishi kerak. Bu – masalaning bir tomoni. Hali qonunchilikni tahlil qilish va o‘zgartirish kiritish masalalarini ham ko‘rish kerak. Uch-to‘rtta faol emas, katta-katta siyosiy institutlar ishlashi kerak bu bilan”, – deydi inson huquqlari faoli.

Intervyuni to‘liq holda quyidagi havola orqali tomosha qilishingiz mumkin.

Mavzuga oid