Birinçidan: Toşkent viloyati IIBB tezkor-qidiruv tadbirlari davomida 21 yoşli yigitni “Suriyada faoliyat olib borayotgan “Tavhid va jihod katibasi” xalqaro terroristik taşkilot jangarilari tomonidan tayyorlangan ma’ruzalarni internet orqali tinglaşi davomida ularning ğoyaviy ta’siriga tuşiş hamda uşbu harakatlarni qöllab-quvvatlaşni boşlagan”likda ayblagan.

Vaholanki, sud hukmida ham, ayblanuvçining yaqinlari Kun.uz'ga taqdim qilgan, Yangiyöl tuman IIB tergovçilari imzosi bilan tasdiqlangan ayblov xulosasida ham bunday ma’lumot yöq.

Ikkinçidan: IIBB Jahongir Uluğmurodovni “xalqaro terroristik taşkilot tarafdorlari sonini orttiriş maqsadida internet orqali “jihod” va “şahidlikka çorlov” ma’ruzalarini öziga taniş bölgan şaxslar va yaqinlari orasida tarqatiş bilan şuğullangan”likda ham ayblagan.

Ayblov xulosasida ham, sud hukmida ham bunday ma’lumot yöq.

4 varaqdan iborat ayblov xulosasida talaba yigitning faqatgina bir harakati borasida ma’lumotlar, şuningdek özi va guvohlarning körsatmalari berilgan. Ya’ni Jahongir Uluğmurodov – YouTube platformasidagi özi ma’nosini yaxşi tuşunmagan diniy qöşiqning havolasini (naşidaning özini emas) guruhga yuborgani haqida körsatma bergan. Sud hukmi ham ayni uşbu ma’lumotni tasdiqlab turibdi.

Ya’ni, ayblanuvçi IIBB aytganidek noqonuniy materiallarni “tarqatiş bilan şuğullangan” emas, balki bir marotaba Telegram guruhga yuborgan. Şuningdek, Jahongir Uluğmurodov ayblov xulosasida ham naşid ma’nolarini tuşunib yetmagani, bilmasdan tarqatgani hamda aybidan puşaymon ekani yozilgan.

Uçinçidan, IIBB bayonotidagi “xalqaro terroristik taşkilot tarafdorlari sonini orttiriş maqsadida”, degan ma’lumot, hujjatlarga tayanilsa, tuhmat bölib qolmoqda.