Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bekobodda IIB xodimi mashinada odam urib o‘ldirdi. U jasadni Sirdaryoga oqizib yuborgani aytilmoqda
11 dekabr kuni Bekobod tuman IIB Jinoyat qidiruvi bo‘limi tezkor xodimi Nexia-3 mashinasida odam urib yuborgan. Hozirda vafot etgan shaxs murdasini qidirish ishlari davom etmoqda.
Joriy yilning 11 dekabr kuni Toshkent viloyati Bekobod tumani IIBning Jinoyat qidiruvi bo‘limida ishlovchi xodim oq rangli Nexia-3 mashinasida piyodani urib yuborib, uning o‘limiga sababchi bo‘ldi. So‘ng xodim jinoyatini yashirish uchun murdani Sirdaryoga oqizib yuborgan. Bu haqda Kun.uz manbasi marhumning yaqinlariga tayanib xabar berdi.
Manbaning aytishicha, jinoyatda gumon qilinayotgan IIB xodimi ushlangan.
Bosh prokuror matbuot kotibi Hayot Shamsuddinov voqea yuzasidan Kun.uz'ga ma’lumot berdi. Unda ta’kidlanishicha, hodisa Bekobod tumanining “Qoraquyli” MFY hududidan o‘tgan “Qorasuv-Bo‘ka-Bekobod” avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan. Yo‘l-transport hodisasida 43 yoshli erkak B.U. vafot etgan.
Holat yuzasidan 12 dekabr Bekobod tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi va 117-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumon qilinuvchi shaxsga “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan.
Hozirda marhumning murdasini topishga qaratilgan tezkor qidiruv tadbirlari davom ettirilmoqda, deyiladi prokuratura ma’lumotida.
Mavzuga oid
15:26 / 15.11.2025
Toshkent viloyatida “Yagona buyurtmachi xizmati” mas’uliga nisbatan korrupsiya ishi qo‘zg‘atildi
09:53 / 01.11.2025
Bekobodda Sirdaryoni bog‘laydigan yangi ko‘prik ishga tushdi
15:32 / 22.07.2025
Toshkent viloyatida tabiatga qariyb 17 mlrd so‘m zarar yetkazildi
17:28 / 21.05.2025