Toshkentda moddiy yordam pullari faqat «Temir daftar»ga kiritilganlarga tarqatildi. Hokimlik vakili vaziyatga oydinlik kiritdi
Vazirlar Mahkamasining koronavirus pandemiyasi davrida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini yanada qo‘llab-quvvatlash maqsadida farmoyishi qabul qilindi. Unda ehtiyojmand oilalarga 150 mlrd so‘m tarqatilishi belgilab qo‘yilgan.
Toshkent shahar hokimi matbuot kotibi Furqat Mahmudxo‘jayev poytaxtda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga moddiy yordam tarqatilishi masalasi yuzasidan izoh berdi.
Uning aytishicha, hukumat farmoyishiga asosan hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar rahbarlariga ikki kun muddatda ajratilgan mablag‘lar hisobidan O‘zbekiston “Saxovat va ko‘mak” fondi orqali hududdagi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga moddiy yordam tarqatilishini ta'minlash vazifasi yuklangan.
“Ushbu vazifaga asosan, Toshkent shahriga 25 milliard so‘m mablag‘ ajratilgan. Ushbu 25 milliard so‘m mablag‘lar 30 va 31 iyul kunlari moddiy yordam va ko‘makka muhtoj oilalarning ro‘yxatlariga kiritilgan oilalarga tarqatib berildi. Xalq tili bilan aytganda “Temir daftar”ga kiritilganlarga, hozir mahallalarda har bir sektor nazoratga olgan moddiy yordam va ko‘makka muhtoj oilalarning ro‘yxatlari “Temir daftar”ga kiritilgan.
Afsuski, targ‘ibot-tashviqot ishlari yetarli darajada o‘tkazilmagani, ommaviy axborot vositalarida bu masalani keng yorita olmaganimiz sababli ba'zi fuqarolar orasida ushbu moddiy yordam o‘zini qiynalib qolgan deb hisoblagan barcha odamlarga tarqatiladi, degan xayolga kelingan. “Temir daftar”lar, moddiy yordam va ko‘makka muhtoj oilalarning ro‘yxatlari shaffofligini ta'minlash uchun “Saxovat argas” elektron tizimi shakllangan. Aynan mana shu tizimga kiritilgan muhtoj oilalarga ko‘mak pullari tarqatilgan. Boshqa masalalar bo‘yicha tuman hokimliklari, sektorlar rahbarlari fuqarolar qabulini o‘tkazib, kimga beriladi, kim qanday muhtoj ekanligi to‘g‘risida amaliy ishlar olib borilmoqda.
Toshkent shahrida “Temir daftar”larga kiritilgan 20 841ta oila ro‘yxati o‘zgarib turuvchandir. Shuning uchun ham tuman hokimliklari, sektorlar rahbarlariga topshiriq berilgan, unda bu ro‘yxatlarni doimiy ravishda yangilab borish ko‘zda tutilgan. Bu ayniqsa hozir - karantin cheklovlari kuchaygan, ko‘pchilik ishsiz qolgan, ko‘pchilikning yonida mablag‘i qolmagani sharoitida dolzarb. “Saxovat va ko‘mak” fondi orqali yordam bo‘ladigan bo‘lsa, ular “Temir daftar”larga kiritilsa yordam amalga oshiriladi”, - dedi Toshkent shahar hokimi matbuot kotibi.
Ma'lumot uchun, Moliya vazirligi bir kun muddatda ko‘rsatilgan mablag‘larni ajratgan, bu hukumat hujjatida belgilab qo‘yilgan.
Mavzuga oid
17:02 / 22.11.2024
Toshkentda 4 mln dona pirotexnika buyumlari yo‘q qilindi
15:28 / 22.11.2024
Svetoforning qizil chirog‘ida harakatlangan Malibu piyodani urib yuborishiga oz qoldi
21:43 / 21.11.2024
Toshkentda pod’yezdda qoldirilgan velosiped va kolyaskalar PPX tomonidan olib ketilmoqda
19:18 / 21.11.2024