Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentdagi avtobuslarda bugundan boshlab konditsionerlar yoqilmoqda
7 maydan boshlab poytaxtdagi avtobuslarda sovitish tizimlari bosqichma-bosqich ishga tushiriladi. Konditsioneri nosoz avtobuslar yo‘nalishga chiqarilmasligi, texnik nosozliklar tezda bartaraf etilishi va’da qilinmoqda.
Foto: Kun.uz
7 maydan boshlab Toshkent shahridagi avtobuslar salonida konditsionerlar bosqichma-bosqich ishga tushiriladi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, tashqi havo harorati +28°C dan yuqori bo‘lgan hollarda avtobus salonlarida sovitish (konditsioner) tizimlari majburiy tartibda yoqilishi kerak. Bunda avtobus saloni ichidagi haroratni +26°C darajada saqlash talab etiladi.
“Toshshahartransxizmat” AJ bayonotida quyidagilar va’da qilingan:
- konditsioneri nosoz avtobuslar yo‘nalishga chiqarilmaydi;
- texnik nosozliklar qisqa muddatda bartaraf etiladi;
- barcha haydovchilar bilan konditsionerlardan to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha navbatdan tashqari yo‘riqnomalar o‘tkaziladi.
“Yo‘lovchilar tomonidan bildirilayotgan har bir murojaat e’tibordan chetda qolmaydi va keskin choralar ko‘riladi. Vaqtinchalik yuzaga kelgan noqulayliklar uchun yo‘lovchilardan uzr so‘raymiz!” – deyiladi kompaniya axborotida.
Mazkur bayonotdan oldin ijtimoiy tarmoqlarda poytaxtdagi hamma avtobuslarda ham konditsionerlar haligacha yoqilmagani haqida e’tirozlar paydo bo‘lgan edi.
Bu tanqidlarga “Toshshahartransxizmat” bilan birga, Poytaxt transport bosh boshqarmasi ham munosabat bildirdi. Boshqarma bayonotida aytilishicha, tashqi harorat +28°C dan oshganda barcha avtobuslarda sovitish tizimi uzluksiz ishlashi kerakligi yuzasidan 30 aprel kuni barcha tashuvchilarga ko‘rsatma-xat yuborilgan.
Qayd etilishicha, mazkur ko‘rsatma talablariga rioya etmagan tashuvchilarga nisbatan qat’iy intizomiy va shartnomaviy choralar ko‘riladi.
Mavzuga oid
22:02 / 06.05.2026
“Yana ozgina yomg‘ir yog‘sa, favqulodda holat vujudga kelardi” – shaharsoz
11:15 / 06.05.2026
Raqobat qo‘mitasi peshlavhalarga oid hujjat loyihasini e’lon qildi
07:58 / 06.05.2026
Toshkentdagi ayrim maktablarda davomat «aqlli» kameralar orqali nazorat qilinadi
07:54 / 06.05.2026