Özbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vazirligi, Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vazirligi, Moliya vazirligining ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga moddiy yordam beriş uçun Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklarining zaxira jamğarmalarini Inqirozga qarşi kuraşiş jamğarmasi mablağlari hisobidan oşiriş töğrisidagi taklifiga rozilik berildi.

Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş böyiça sektorlar rahbarlari ikki kun muddatda mazkur farmoyişning ilovasiga muvofiq ajratilgan mablağlar hisobidan Özbekiston "Saxovat va kömak" fondi orqali hududdagi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga moddiy yordam tarqatilişini ta'minlaydi.
Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi raisi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimlari moddiy yordam uçun ajratilgan mablağlarning manzilli va maqsadli işlatilişini şaxsan nazoratga oladi.
Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bir kun muddatda körsatilgan mablağlarni ajratadi.









