O‘zbekiston | 08:52 / 01.08.2017
12868
1 daqiqa o‘qiladi

«O‘zbekenergo» Qandim gazni qayta ishlash zavodini EUTga uladi

«O‘zbekenergo» AJ «Qandim gazni qayta ishlash zavodini tashqi elektr ta'minotini qurish» loyihasini yakunladi. U mazkur loyiha doirasida barcha qurilish-montaj ishlarini poyoniga yetkazdi. Kompaniyaning joriy yil birinchi yarim yilligiga doir hisobotda shu haqda so‘z boradi

Kompaniyaning qayd etishicha, loyiha doirasida 89,4 kmlik «Buxoro-Qandim» elektr uzatish liniyasi podstansiyasi 220 kV kuchlanishli liniyaga ulangan. Loyiha qiymati 80 mln dollarga baholangan. 

Eslatib o‘tamiz, «Lukoyl» kompaniyasi «O‘zbekneftegaz» bilan hamkorlikda 2004 yildan beri Qandim-Xauzak-Shodi-Qo‘ng‘irot loyihasi doirasida Qandim loyihasini amalga oshirib keladi. Qandim konlari guruhiga oltita gaz kondensatli konlar - Qandim, Quvachi-Olot, Oqqum, Parsonko‘l, Xoji va G‘arbiy Xoji konlari kiradi. 

Qandim gazni qayta ishlash zavodining birinchi navbati 2017 yil dekabrida foydalanishga topshiriladi. 

Mavzuga oid