O‘zbekiston | 12:08 / 24.01.2021
29023
2 daqiqa o‘qiladi
Foto: Zoyir Mirzayev – Maydanakda. Tog‘ ustida ko‘pkari va konsert tashkil etildi
Qashqadaryo hokimi Zoyir Mirzayevning Maydanak hududidagi sayyor qabullari ko‘pkari bilan yakun topdi.
Viloyat hokimligi xabariga ko‘ra, uloqda viloyat va tuman rahbarlari, tadbirkorlar va el kayvonilari tomonidan zot(sovrin)lar aytildi.
Viloyat hokimi va oila a'zolari qo‘ygan zot – 1 zotdor toy, 500 ming so‘m (hokimning turmush o‘rtog‘i nomidan), 1 televizor, 1 gilam, 1 mikropech, yana 1 million so‘mdan iborat bo‘ldi.
Zotga dehqonobodlik Dilshod polvon Qorato‘ra laqabli oti bilan ega chiqdi.
Tog‘li hududlarda bo‘lib, o‘sha yerda tunab qolgan viloyat rahbarlari sharafiga Katta o‘ra mahallasida konsert dasturi ham tashkil etildi.
Mavzuga oid
18:04 / 06.11.2024
Taxtiqoracha dovonida Cobalt’ni tosh bosib qoldi. Qurbonlar bor
11:53 / 06.11.2024
Zoyir Mirzayev Toshkent viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi
18:06 / 17.10.2024
Qashqadaryoda sudya yordamchisi o‘zini ishdan bo‘shatgan sud raisi ustidan shu sudga da’vo kiritdi
22:35 / 16.10.2024