Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xizmatdagi YPX xodimini videoga olib, tarmoqqa joylash – ma’muriy qamoq bilan tugadi
Jinoyat ishlari bo‘yicha Shahrisabz shahar sudi YPX inspektorining xizmat faoliyatini videoga olib, ijtimoiy tarmoqlarda obro‘sizlantiruvchi tarzda tarqatgan ikki fuqaroni Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 195-2-moddasi bo‘yicha aybdor deb topdi va ularga ma’muriy qamoq jazosi tayinladi.
Sudning 2025 yil 5 dekabrdagi qaroriga ko‘ra, 1988 yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan M. M. hamda 1999 yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan B. R. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 195-2-moddasida nazarda tutilgan — huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining foto va videotasvirini ularning obro‘sizlantirilishiga olib keladigan tarzda buzib tarqatish — huquqbuzarligini sodir etganlikda aybdor deb topilgan.
Tekshiruv va sud materiallariga ko‘ra, M. M. va B. R. jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha Shahrisabz shahrida xizmat vazifasini bajarayotgan yo‘l-patrul xizmati inspektori T. X.ni atrofdagilar oldida obro‘sizlantirish maqsadida uni videotasvirga olib, mazkur tasvirni ijtimoiy tarmoqlarda tarqatgan.
Sud qaroriga muvofiq, M. M.ga 10 sutka, B. R.ga esa 7 sutka muddatga ma’muriy qamoq jazosi qo‘llangan.
Mavzuga oid
09:31 / 13.06.2026
Ishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan “soxta prokuror“ ushlandi
17:18 / 08.06.2026
Qashqadaryodagi portlashda 6 kishi halok bo‘lgan
15:27 / 08.06.2026
Qashqadaryoda gaz quyish shoxobchasida portlash ro‘y berdi
23:10 / 30.05.2026