Bugun xalqimizda “Taşabbusli budjet” haqida tuşunça va tasavvur deyarli şakllanib böldi. Uşbu loyihada iştirok etiş, ovoz töplaş sarguzaştlari va ğoliblarning qay darajada quvonganiga guvoh bölib kelyapmiz. Ğoliblik haqiqiy bayramga aylanib ketyapti, çunki köp yillik qiyinçiliklar tugab, qaysidir muammoning yeçimiga umid boğlanmoqda. Biroq ğolib bölişning özi yetarli emasligini “Yakkaboğ tajribasi” misolida kördik.

Qaşqadaryo viloyati Yakkaboğ tumani Qayrağoç mahallasi ahli 2025 yilda “Taşabbusli budjet”ning ikkinçi mavsumida ğolib bölişdi. Ular 4644 ta ovoz töplaşdi.

Ovoz beriş mavsumida bozorlar, aholi gavjum joylarda odamlarimiz ovoz sotib olişadi. Ötgan-ketganlarga yalinişadi, mahallasi uçun kuraşişadi. Demak, qayrağoçliklarga 4644 ta ovoz töplaş qançalik maşaqqatli mehnat va bu yilgi hisob-kitoblarga köra, 120-130 million sömga tuşgan.

Nihoyat, mahalla uçun mavjud suv inşootlarini ta’mirlaş va qöşimça törtta artezian qaziş uçun 1,5 milliard söm ajratiladigan böldi.

Tumanning bu hududida içimlik suviga bölgan ehtiyoj ança baland. Davlat tomonidan tortib kelingan toza suv aholiga yetmaydi. Odamlarning aytişiça, bir neça soatlab kutiş evaziga ikki-uç satil içimlik suvi olişga ulgurişadi. Suvga navbatda turganlarning azobi va maşaqqatini oçiği, issiqqina kresloda ötirib, zarurat bölganda şunçaki, jömrakni burab taşnaligini qondirayotgan qatlam çuqur his qilmasligi mumkin albatta.

Biroq hozirgi kunga kelib, loyiha amalga oşmay qoliş ehtimoli paydo bölmoqda.

Yakkaboğ hokimiyati mas’ullari aholi bilan uçraşib, hudud yerosti suvi içişga yaroqsiz, degan sovuq xabarni yetkazgan. “Sizlarga artezian qurib beriş örniga boşqa narsa qilib beraylik, masalan köçalaringizni asfalt qilib beramiz”, degan taklif bildirilgan.

Qayrağoçliklar taklifni rad qilişgan. Odamlar asfaltda, toza va tekis yölda yurişni istaşadi albatta, lekin suv bölmaganidan keyin ravon yöllar ham unçalik tatimas ekan.