O‘zbekiston | 16:04 / 16.09.2021
17220
1 daqiqa o‘qiladi

YHX xodimlarining yangi namunadagi kiyim-boshlari tasdiqlandi

Ichki ishlar vazirining 2021 yil 13 sentyabrdagi 335-son buyrug‘iga asosan IIVning ayrim buyruqlariga o‘zgartirishlar kiritildi.

Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi xabariga ko‘ra, Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi YHX xodimlari tomonidan alohida farqlovchi ko‘krak va qo‘l belgilarini yangi namunadagi formali kiyim-boshiga taqish qoidalari belgilab qo‘yildi.

Shuningdek, buyruq bilan IIV tizimidagi orkestrlar hamda namunaviy ashula va raqs ansamblining shaxsiy tarkibini inventar kiyim-kechak mulklari bilan ta'minlash me'yorlariga ham o‘zgartirishlar kiritildi.

Mavzuga oid