Qayd etilişiça, 2022 yil 1 sentabr kuni Qöqon şahar U.Nosir köçasida YPX inspektorlari tomonidan töxtatilgan “Matiz” rusumli transport vositasi haydovçisi psixotrop modda ta’sirida ekanlikda gumonlanib, tibbiy tekşiruvga taklif etilgan vaqtda haydovçi tibbiy tekşiruvdan boş tortganligi sabab uşbu holat yuzasidan YPX inspektorlari tomonidan Özbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksining 136-moddasiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylaştirilgan.

Joriy yilning 5 sentabr kuni uşbu “Matiz” rusumli transport vositasi haydovçisi va uning onasi Qöqon şahar içki işlar boşqarmasi yöl harakati xavfsizligi bölimiga kelib, uşbu ma’muriy bayonnomaga e’tiroz bildirib, transport vositasini jarima maydonidan çiqarib berişni söraşgan. 

Içki işlar organlari xodimlari tomonidan yuqoridagi holat yuzasidan töplangan hujjatlar sud organiga körib çiqiş uçun yuborilişi hamda qonuniy qaror qabul qilinişi tuşuntirilganda haydovçining bundan jahli çiqib, öziga tan jarohati yetkazgan va onasining soğligi yomonlaşgan.

Uşbu fuqarolarga zudlik bilan tibbiy yordam körsatilgan.

“Hozirda holat yuzasidan örganiş işlari olib borilmoqda”, – deyiladi munosabatda.

Avvalroq, Farğonada IIB xodimlari tomonidan mastlik holatini tekşiriş uçun olib ketilayotgan fuqaro tösatdan vafot etganligi töğrisida xabar berilgan edi.