“Davlat oliy ta’lim muassasalarining akademik va taşkiliy-boşqaruv mustaqilligini ta’minlaş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi prezident qarori qabul qilindi.

Vazirlar Mahkamasi, vazirlik (idora)larning quyidagi vakolatlari ta’lim muassasalariga ötkaziladi: çet el fuqarolari öqişini xorijdan davlat OTMlariga köçiriş; qabul komissiyalari tarkibi, imtihon fanlarini tasdiqlaş; amaliyot ötaşni tasdiqlaş; kiyim-boşga doir talablarni belgilaş.

2022/2023 öquv yilidan moliyaviy mustaqil davlat OTMlariga quyidagi vakolatlar berildi:

  • akademik mustaqillik sohasida: öquv rejalari, dasturlari, malaka talablarini tasdiqlaş, ta’lim şaklini belgilaş; öqiş davomiyligi muddatini belgilaş; doktorantura kontrakti miqdorini belgilaş, öz hisobidan grant ajratib doktoranturaga kvotaga qöşimça qabul qiliş; doktorant va mustaqil izlanuvçilarga ilmiy rahbarlik qiliş tartibini tasdiqlaş; magistratura uçun sirtqi, masofaviy va keçki ta’limni joriy etiş; akademik mobillikni amalga oşiriş; öz grifi asosida darsliklar hamda boşqa öquv va ilmiy adabiyotlarni yaratiş va naşr etiş; ta’lim sifatini içki nazorat qiliş;
  • taşkiliy-boşqaruvdagi mustaqillik sohasida: tijorat va notijorat taşkilotlarni taşkil etiş; muassasa tuzilmasini tasdiqlaş va ştatini belgilaş; yangi ta’lim yönalişlari va mutaxassisliklarni oçiş, amaldagilarini tugatiş; işga qabul qiliş, ozod etiş va rotatsiyasiga oid tartibni belgilaş; masofaviy ta’limni oçiş.