Jahon | 15:31 / 09.03.2019
39133
2 daqiqa o‘qiladi

Vladimir Etush vafot etdi

Foto: TASS/Scanpix

SSSR xalq artisti Vladimir Etush vafot etdi. U 96 yoshida hayotdan ko‘z yumdi.

Bu haqda RT aktyorning qiziga tayangan holda xabar bermoqda.

«Teatral» nashri xabariga ko‘ra, 8 mart, juma kuni aktyorning tobi qochib qolgan. Tez tibbiy yordam uni Moskvadagi shifoxonalardan birining jonlantirish bo‘limiga olib borgan.

Shifokorlar artistni qutqara olishmagan.

Vladimir Etush

Vladimir Abramovich Etush 1922 yilning 6 may kuni Moskvada tug‘ilgan. Teatr va kino aktyori, teatr pedagogi (professor). Shchukin nomidagi Teatr instituti badiiy rahbari (2003 yildan). SSSR xalq artisti (1984), Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi. 

V.Etush shu kunga qadar SSSR xalq artistlari ichida yosh bo‘yicha hayot bo‘lgan eng keksa aktyor edi. U «Kavkaz asirasi yoki Shurikning yangi sarguzashtlari» filmida Saaxov, «Ivan Vasilevich kasbini o‘zgartiradi» filmida Anton Semyonovich Shpak, «Buratinoning sarguzashtlari»da Karabas-Barabas, «Klassik» filmida «Monarx» obrazlarini yaratgan. 

Mavzuga oid