O‘zbekiston | 07:56 / 13.10.2017
9263
2 daqiqa o‘qiladi

Adliya vaziri bir guruh yuridik xizmat xodimlariga maxsus unvon martaba darajalarini berdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 19 yanvardagi PQ-2733-son «Yuridik xizmat faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qaroriga asosan Adliya vazirining buyrug‘i bilan Sirdaryo viloyatidagi davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmati xodimlariga maxsus unvon-martaba darajalari berildi.

Ushbu buyruq bilan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Sirdaryo viloyati bo‘yicha G‘aznachilik boshqarmasi bosh yuriskonsulti Shuhratbek Usmonbekovga “1-darajali yurist” maxsus unvon – martaba darajasi, Boyovut sanoat kasb-hunar kolleji yuriskonsulti Otabek Xalmatovga “2-darajali yurist” maxsus unvon – martaba darajasi berilgan hamda Moliya vazirligi huzuridagi byudjyetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumani bo‘limi bosh yuriskonsulti Asilxan Tilyavxanov, Sirdaryo viloyati o‘rta maxsus kasb-hunar ta'lim boshqarmasi bosh yuriskonsulti Nuriddin Javbasarov, Oqoltin tumani hokimligi bosh yuriskonsulti Muzaffar Saliyevlarga “3-darajali yurist” maxsus unvon-martaba darajalari berilgan.

 

Mavzuga oid