Jahon | 23:33 / 12.08.2025
18254
1 daqiqa o‘qiladi

Zelenskiy Alyaskadagi uchrashuv natijalarini tan olmasligini aytdi

15 avgust kuni AQSh prezidenti Donald Tramp va Rossiya prezidenti Vladimir Putin Alyaskada uchrashishi kutilmoqda.

Foto: Reuters

Ukraina Alyaskada bo‘lib o‘tadigan AQSh-Rossiya sammiti qarorlarini tan olmaydi, dedi Volodimir Zelenskiy "Yoshlar shu yerda" forumida qilgan chiqishida.

"Ukrainani Ukrainasiz muhokama qilish mumkin emas va buni hech kim qabul qilmaydi. Shu bois ularning uchrashuvi ikki tomon uchun muhim bo‘lishi mumkin, lekin bizning ishtirokimizsiz ular Ukraina borasida hech qanday qaror qabul qila olishmaydi. AQSh prezidenti buni tushunadi va hisobga oladi deb umid qilaman", - dedi u.

15 avgust kuni AQSh prezidenti Donald Tramp va Rossiya prezidenti Vladimir Putin Alyaskada uchrashishi kutilmoqda.

Tramp bo‘lajak muzokaralarni «sinov» deb atadi, ularning maqsadi Ukrainadagi mojaroni tugatish, hal qilishning yakuniy bosqichi esa Putin va Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy o‘rtasidagi uchrashuvdir.

Mavzuga oid