O‘zbekiston | 13:04 / 25.03.2022
8112
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda Skype'dan foydalanish bo‘yicha cheklov olib tashlandi

O‘zbekistonda Skype tarmog‘idan foydalanish bo‘yicha cheklov olib tashlandi. Bu haqda Axborot va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi Kun.uz’ga xabar berdi.

Foto: Getty Images

Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, faoliyati cheklangan tarmoqlar reyestriga kiritilgan boshqa servislardan foydalanishni ham bosqichma-bosqich tiklash ishlari olib borilmoqda.

Ma’lumot uchun, hozirgi vaqtda reyestrda to‘rtta servis qolmoqda: Twitter, TikTok, «VKontakte» va WeChat.

O‘zbekistonda Skype messenjeridan foydalanish bilan bog‘liq muammolar 2015 yilda kuzatila boshlangandi.

2021 yilning iyul oyi boshida O‘zbekistonda Twitter va TikTok'ka cheklov qo‘yilib, “O‘zkomnazorat” O‘zbekiston fuqarolarining shaxsga doir ma’lumotlariga qonunga zid ravishda ishlov berayotgan ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish cheklangani haqida bayonot bergandi.

2021 yil 16 apreldan boshlab “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi qonunga yangi qo‘shilgan 27-1 modda kuchga kirgan. Bu moddaga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarolarining shaxsiga doir ma’lumotlar jisman O‘zbekiston hududida joylashgan serverlarda saqlanishi talab qilinmoqda.

Mavzuga oid