Rossiya Federatsiyasining Aloqa, axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiyalarini nazorat qiliş federal xizmati (Roskomnadzor, RKN) 12 ta messenjerni, jumladan WhatsApp va Skype'ni «axborot tarqatiş taşkilotçilari» (ATT) reyestriga kiritdi. «Roskomsvoboda» loyihasi bunga 20 dekabr, juma kuni e’tibor qaratdi.
ATT reyestriga kiritilgan kompaniyalar Rossiya foydalanuvçilarining yozişmalari va ma’lumotlarini saqlaşlari, şuningdek, sörov böyiça Federal xavfsizlik xizmati (FSB)ga ötkazişlari şart. Xavfsizlik kuçlarining uşbu ma’lumotlarga doimiy kirişini tezkor messenjerlarga ega kompaniyalar öz mablağlari hisobidan örnatişi şart bölgan maxsus uskunalar yordamida ta’minlaşi kerak.
Reyestrga WhatsApp va Skype'dan taşqari Şveytsariyaning Wire messenjeri, Britaniyaning Element, Janubiy Koreyaning KakaoTalk, Germaniyaning Crypviser va boşqa onlayn servislar kiritildi.
Rossiyada Viber messenjeriga kiriş çeklandi
Roskomnadzor Rossiya Federatsiyasida Viber messenjeriga kirişni çeklaganini e’lon qildi. Qaror Rossiya qonunçiligining axborot tarqatiş taşkilotçilariga nisbatan talablari buzilgani bilan boğliq, deb xabar berdi 13 dekabr kuni idora.
Uşbu talablarga rioya qiliş «messenjerdan terroristik va ekstremistik maqsadlarda foydalaniş, fuqarolarni ularni sodir etişga jalb qiliş, giyohvand moddalarni sotiş, şuningdek, noqonuniy ma’lumotlarni joylaştiriş bilan boğliq tahdidlarning oldini oliş uçun zarur», deyiladi xabarda.
Viber messenjeri Yaponiyaning Rakuten kompaniyasiga tegişli. Mediascope ma’lumotlariga köra, bir oyda Rossiya aholisining örtaça 26 foizi undan foydalanadi.
Roskomnadzor «axborot tarqatiş taşkilotçilari» (ATT) reyestriga internet foydalanuvçilari uçun aloqa imkoniyatlarini taqdim etadigan platformalar egalarini kiritadi. Hozirda u 400 dan ortiq ATTni öz içiga oladi. Ular foydalanuvçilarning özaro aloqalari va ularning yozişmalari töğrisidagi ma’lumotlarni töplaş, saqlaş va FSBga taqdim etişlari şart.












