Microsoft 2025 yil may oyida Skype xabar almaşiş va videoqönğiroqlar xizmatini yopişi mumkin. Bu haqda XDA Developers portali yozdi.

Portal öquvçilaridan biri Windows uçun Skype xizmatining yangi beta-versiyasida xizmatning yopilişi haqidagi ma’lumotlardan iborat kod paydo bölganini payqadi.

«May oyidan boşlab Skype işlamaydi. Teams orqali qönğiroq qiliş va suhbatlaşişda davom eting», deyiladi kodda. Şundan söng «ba’zi döstlaringiz allaqaçon Teams ilovasidan foydalanmoqda» degan yozuv keladi.

Microsoft kompaniyasi Skype yopilişini rasman e’lon qilmadi.

Skype 2003 yilda işga tuşirilgan va şved kompaniyasi Tele2 sobiq xodimlari Niklas Zennström va Yanus Friis iştirokida estoniyalik dasturçilar jamoasi tomonidan yaratilgan. 2011 yilda uşbu xizmat Microsoft tomonidan 8,5 milliard dollarga sotib olindi. 2019 yilda Microsoft biznes uçun Skype xizmati faoliyati töxtatilişini (bu 2021 yilda sodir böldi) va taşkilotlar Microsoft Teams xizmatiga ötişi kerakligini e’lon qildi.