Skype messenjeri 2025 yil 5 maydan boşlab öz faoliyatini töxtatdi. Skype’ga egalik qiluvçi Microsoft korporatsiyasi oldinroq messenjer yopilişi haqida ogohlantirib, ularga akkauntlarini saqlagan holda Teams’ga ötişni yoki xabarlar arxivini yuklab olişni tavsiya qilgan edi.

«Skype zamonaviy kommunikatsiyalarni şakllantiriş va son-sanoqsiz mazmunli onlarni taqdim etişning ajralmas qismi böldi, biz uşbu yölning bir qismi bölganimizdan faxrlanamiz», — deyiladi kompaniya xabarida.

Skype 2003 yilda işga tuşirilgan va şved kompaniyasi Tele2 sobiq xodimlari Niklas Zennström va Yanus Friis iştirokida estoniyalik dasturçilar jamoasi tomonidan yaratilgan. 2011 yilda uşbu xizmat Microsoft tomonidan 8,5 milliard dollarga sotib olingandi. 2019 yilda Microsoft biznes uçun Skype xizmati faoliyati töxtatilişini (bu 2021 yilda sodir böldi) va taşkilotlar Microsoft Teams xizmatiga ötişi kerakligini e’lon qilgan edi.

Skype’ning maşhurligi koronavirus pandemiyasi fonida tuşib ketdi. Öşanda aksinça videoaloqa uçun möljallangan ilova — Zoom ommalaşdi. Microsoft korporatsiyasi tomonidan Skype sotib olingan vaqtda ilova 1 milliard marotaba yuklab olingan va yuz millionlab foydalanuvçiga ega edi, 2023 yilga kelib undan foydalanayotganlar soni faqat 36 million kişini taşkil etgan xolos.