Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mahalla raislarining vakolat muddati 3 yildan 5 yilga uzaytiriladi
Mahalla raislari saylovini o‘tkazish bilan endi Senat emas, hududiy kengashlar shug‘ullanadi.
O‘zbekistonda fuqarolar yig‘ini raisining vakolatlari muddati 3 yildan 5 yilga uzaytirilmoqda. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi bu haqdagi qonunni 14 yanvar kuni uchinchi o‘qishda qabul qildi.
Qonunda, shuningdek, fuqarolar yig‘ini raisi vakolatlari muddatidan ilgari tugatilgan taqdirda bo‘shab qolgan o‘rinlarga yangi saylov o‘tkazish orqali yangi raisni ham 5 yilga saylash belgilanmoqda.
Oliy Majlis Senati Kengashi va respublika komissiyasining fuqarolar yig‘ini saylovini o‘tkazish bilan bog‘liq vakolatlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar kengashlari hamda hududiy komissiyalarga o‘tkaziladi.
Mavzuga oid
12:13 / 07.01.2026
Mahallalarda jinoyatchilikni jilovlash bo‘yicha yangi tartib belgilandi
11:32 / 07.01.2026
Kriminogen mahallalarga rahbarlar nomma-nom biriktiriladi
13:31 / 05.01.2026
Mahallalarda muammolarni hal etish uchun mablag‘lar kamida 3 baravar oshiriladi
14:21 / 31.12.2025