O‘zbekiston | 08:05 / 11.02.2021
2906
2 daqiqa o‘qiladi

Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatadigan advokatlarni elektron tanlash tizimi joriy etiladi

Foto: Fotolia

2021 yilgi davlat dasturida davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatadigan advokatlarni elektron tanlash tizimini joriy etish nazarda tutilmoqda.

Shuningdek, kam ta'minlangan va boshqa ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga bepul yuridik yordam ko‘rsatish tizimini rivojlantirish maqsadida 2021 yil 1 noyabrga qadar quyidagi tartiblar joriy etiladi:

  • bepul yuridik yordam sohasida xalqaro standartlar va xalqaro tajribani hisobga olish tartibi joriy etiladi;
  • kam ta'minlangan va boshqa ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan fuqarolarga bepul yuridik yordam ko‘rsatishning tashkiliy-huquqiy mexanizmlari ishlab chiqiladi;
  • kam ta'minlangan va boshqa ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan fuqarolar uchun jinoiy, ma'muriy, fuqarolik ishlari bo‘yicha davlat tomonidan bepul yuridik yordam olish imkoniyatlari kengaytiriladi.

Eslatib o‘tamiz, 2020 yil 27 yanvar kuni normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Bepul yuridik yordam to‘g‘risida”gi qonun loyihasi e'lon qilinib, loyihada Adliya vazirligi huzurida Bepul yuridik yordam ko‘rsatish markazi va uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy bo‘linmalari tashkil etilishi taklif etilgandi, biroq ushbu qonun hanuzgacha qabul qilinmadi.

Mavzuga oid