O‘zbekiston | 15:49 / 13.11.2025
4055
3 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda xalqaro tadbirlar sabab transport harakatiga cheklovlar kiritiladi

Foto: Kun.uz

14-17 noyabr kunlari Qozog‘iston prezidentining O‘zbekistonga davlat tashrifi va Markaziy Osiyo yetakchilarining navbatdagi maslahat uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Shu munosabat bilan xavfsizlik maqsadida Toshkent shahriga yuk avtomobillarining kirishi cheklanadi, shahar markazida yuk mashinalari harakati to‘xtatiladi.

Bunda, vodiydan kelayotgan va vodiyga ketayotgan transport vositalari D-012 yo‘li yo‘li orqali harakatlanadi.

Shuningdek, poytaxtning ayrim ko‘chalarida muayyan vaqt oraliqlarida transport vositalarining harakati cheklanadi.

Ichki ishlar vazirligi harakat cheklanadigan ko‘chalar va vaqtlarni ma’lum qildi:

— 15 noyabr kuni soat 14:00 dan 19:00 gacha Abdulla Qodiriy – Ganga ko‘prigi kesishmasidan boshlab, Abdulla Qodiriy, Qorasaroy va Zarqaynar ko‘chalari chorrahasigacha bo‘lgan yo‘l vaqtincha yopiladi. Haydovchilar Sebzor va Nurafshon ko‘chalari orqali aylanma tarzda harakatlanishlari mumkin.

— 15 noyabr kuni soat 09:00 dan 19:00 gacha Abdulla Qodiriy – Qorasaroy ko‘chalari chorrahasidan boshlab, Qorasaroy ko‘chasi bo‘ylab Nurafshon – Qorasaroy chorrahasigacha harakat vaqtincha cheklanadi. Aylanma yo‘l sifatida Qorasaroy ko‘chasidan Kichik halqa yo‘liga va Nurafshon ko‘chasidan Sebzor ko‘chasi yo‘nalishiga harakatlanish tavsiya etiladi.

— 16 noyabr kuni soat 10:00 dan 15:00 gacha Islom Karimov – Botir Zakirov ko‘chalari chorrahasidan boshlab, Islom Karimov ko‘chasi bo‘ylab Furqat ko‘chasi chorrahasigacha vaqt-vaqti bilan qisman yopiladi. Haydovchilar Botir Zokirov – Alisher Navoiy hamda Olmazor – Beshyog‘och ko‘chalari orqali aylanma yo‘ldan foydalanishlari mumkin.

— 16 noyabr kuni soat 09:00 dan 15:00 gacha Islom Karimov – Furqat chorrahasidan Furqat ko‘chasi bo‘ylab Xadra maydonigacha ikkinchi darajali yo‘l vaqtincha yopiladi. Aylanma yo‘l sifatida Alisher Navoiy va Islom Karimov ko‘chalari orqali harakatlanish mumkin.

Комрон Чегабоев
Tayyorlagan Комрон Чегабоев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid