Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Manzil koloniyadan qochib, 3-sinf qizni zo‘rlagan pedofil ham 18 yilga qamaldi
Avval ham 14 yoshga to‘lmagan shaxsning nomusiga tegish jinoyatini sodir qilgani uchun sudlangan pedofil sud hukmi bilan o‘ta xavfli retsidivist deb topildi. Unga 18 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Jazo muddatining dastlabki 2 yilini turmada o‘tash belgilandi.
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Ohangaronda manzil koloniyasidan qochib, 3-sinfda ta’lim oladigan qizni zo‘rlagani aytilgan pedofilga sud hukmi o‘qildi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Abidov xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, bugun JIB Ohangaron shahar sudida 1994 yilda tug‘ilgan M.T.ga oid jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha sud jarayoni yakunlanib, sud hukmi e’lon qilingan. Jinoyat ishi Jinoyat-protsessual kodeksining 19-moddasi (sudda jinoyat ishlarining oshkora ko‘rilishi) talablariga muvofiq yopiq sud majlisida ko‘rib chiqilgan.
Sud hukmiga ko‘ra, M.T. voyaga yetmagan, 2016 yilda tug‘ilgan qizga nisbatan Jinoyat kodeksining 119-moddasi (jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirish) 4-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilgan. Unga 18 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
Jinoyat kodeksining 34-moddasi 3-qismi “a” bandiga asosan M.T. o‘ta xavfli retsidivist deb topilgan. Tayinlangan jazo muddatining dastlabki 2 yilini turmada, jazoning qolgan muddatini maxsus tartibli koloniyalarda o‘tashi belgilangan.
Birinchi instansiya sudining hukmi ustidan taraflar qonunda belgilangan tartib va muddatda Toshkent viloyat sudining apellyatsiya/kassatsiya instansiyasiga shikoyat berish va protest keltirishga haqliligi bildirilgan.
Ohangaron tumanidagi 50-son manzil koloniyasida jazo muddatini o‘tayotgan M.T. 16 oktyabr kuni “P.B.” korxonasiga foydali mehnatga jalb qilinganida “noma’lum tomonga ketib qolib”, yosh qizni zo‘rlagani aytilgandi. U shu kunning o‘zida protsessual tartibda ushlangan va qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan.
Avvalroq Namanganda 7 yoshli qizchani zo‘rlagan pedofil 18 yilga qamalgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
19:13 / 24.12.2025
Namanganda 7 yoshli qizchani zo‘rlagan pedofil 18 yilga qamaldi
14:27 / 23.12.2025
Manzil koloniyadan qochib, 3-sinf qizni zo‘rlagan pedofil ishi sudda ko‘rilmoqda
15:39 / 27.11.2025
Zo‘rlangan qiz, o‘g‘irlangan mashina va qotil qochoq – manzil koloniyadan qochib, jinoyat sodir etish holati ko‘paymoqda
16:45 / 21.11.2025