Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Innovatsion rivojlanish vazirligi 15 nafar yosh olimni Germaniyaga yuboradi
O‘zbekiston Innovatsion rivojlanish vazirligi Germaniya tadqiqot institutlarida ikki hafta davomida malaka oshirish uchun grant dasturini e'lon qiladi.
Vazirlik xabarida aytilishicha, bu Germaniya Ta'lim va tadqiqotlar vazirligi bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda. Bundan maqsad puxta tadqiqot rejasiga ega o‘zbekistonlik yosh olimlarning ilmiy ishlanmalarini qo‘llab-quvvatlash hisoblanadi.
Amaliyot dasturi doirasida yosh olimlar Germaniya innovatsion ekotizimini o‘rganish maqsadida mamlakatning turli ilmiy va innovatsion markazlariga tashrif buyuradilar. Ular, shuningdek, Germaniyaning ilmiy-tadqiqot muassasalarida malaka oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Tanlovda aqlli shahar, atrof-muhitni o‘rganish, barqaror rivojlanish, qishloq xo‘jaligi va madaniy merosni asrashga qaratilgan innovatsion texnologiyalarni tadqiq etishga qaratilgan loyihalarga ko‘proq e'tibor qaratiladi. Innovatsion faoliyatga yo‘naltirilgan va natijalarini amaliyotga joriy qilishga qaratilgan loyihalar tanlovda ustunlikka ega bo‘ladi.
Nomzodlar 2019 yilning 31 avgustiga qadar ro‘yxatdan o‘tib, kerakli hujjatlarning elektron nusxalarini taqdim etishlari talab etiladi.
Tanlovning saralash jarayoni Innovatsion rivojlanish vaziri maslahatchisi Karsten Hayns rahbarligida vazirlik va hamkor tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi.
Tanlab olingan yosh olimlarga ikki tomonlama aviachiptalar, Germaniyada turar joy va oziq-ovqat xarajatlari, Germaniya hududida ichki yo‘l xarajatlari va loyiha bilan bog‘liq boshqa xarajatlar tashkilotchilar tomonidan to‘liq qoplab beriladi.
Mavzuga oid
12:27 / 24.11.2022
“Ziyoli qatlam ustidagi tajribalarda ehtiyotkorlik lozim”. Mutaxassislar – doktorantura qabulidagi beqarorlik haqida
10:54 / 17.11.2022
Doktoranturadagi alg‘ov-dalg‘ov: imtihon natijalari bekor qilinishi ortida moddiy manfaat yotibdi(mi?)
17:10 / 01.05.2022
Ibrohim Abdurahmonov oliy ta’lim mussasalaridagi yangi prorektorlik lavozimi qanday natija keltirayotgani haqida gapirdi
13:55 / 25.07.2021