O‘zbekiston | 17:50
2470
1 daqiqa o‘qiladi

Boysun suvlarida yana neft oqmoqda

Bugun tongda sel kelib, neft aralash suyuqlik to‘plangan xandaqlarni yana buzib ketgan. Ekopolitsiya holatni o‘rganyapti. Shunga o‘xshash holat 23 aprel kuni ham kuzatilgan va unda tabiatga yetkazilgan zarar 8,5 mlrd so‘mga baholangan edi.

Foto: Ekologiya qo‘mitasi

Surxondaryo viloyati Boysun tumanida yana neft aralash suyuqlik oqayotgani kuzatilmoqda.

Ekologiya qo‘mitasi xabariga ko‘ra, hozirda holat ekopolitsiya va boshqa tegishli tashkilotlar xodimlari tomonidan voqea joyiga chiqqan holda o‘rganilmoqda.

Dastlabki o‘rganish natijalariga ko‘ra, 2 may kuni tonggi 06:30 da kuchli sel kelishi natijasida handaqni buzib ketgan va natijada neft aralash suyuqlik oqib chiqqan.

Boysundagi M25 konidan yer yuzasiga neft chiqa boshlashi 2025 yilning so‘nggi kunlarida boshlangan edi. Bu suyuqlik tabiiy suv havzalariga tushishining oldini olish uchun Eriell kompaniyasi 11 handaq qazigan.

Ammo 23 aprel kuni kuchli yog‘ingarchiliklar natijasida 1,2 tonna neft mahsuloti bo‘lgan suyuqlik soylarga oqib ketgan edi. Ekopolitsiya holat yuzasidan 8,5 mlrd so‘mdan ortiq kompensatsiya to‘lovlarini hisoblab, ishni prokuraturaga oshirgan.

Комрон Чегабоев
Tayyorlagan Комрон Чегабоев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid