Surxondaryo viloyati Boysun tumanida neft aralaş suyuqlik daryoga qöşilib ketgani yuzasidan Ekopolitsiya tomonidan örganiş ötkazildi.

Ekologiya qömitasiga köra, voqealar rivoji quyidagiça:

  • Boysun tumanida “Surkhan Gas Chemical Operating Company” MÇJ qöşma korxonasiga qaraşli quduqdan neft mahsulotlari bölgan suyuqlik qaynab çiqqan (Energetika vazirligiga köra, bu 2025 yil dekabr oyi oxirlarida sodir bölgan).
  • Bu suyuqlik tabiiy suv havzasiga tuşişining oldini oliş maqsadida qöşma korxona tomonidan “Eriell Oilfield Services Middle East DMCC” korxonasining maxsus texnikalari yordamida 11 ta xandaq qazilib, joylaştirilgan.
  • Ekopolitsiyaning aniqlaşiça, 23 aprel kuni Boysun tumanidagi kuçli yoğingarçiliklar natijasida 1,2 tonna neft mahsuloti bölgan suyuqlik Xongaronsoyga oqib ketgan.

Holat yuzasidan kompensatsiya tölovlari hisoblanganda, 8,5 milliard sömdan ortiq summa çiqqan.

“Hozirda noxuş holat bartaraf etilib, suv neft aralaş suyuqlikdan tozalangan. Şuningdek, örganiş işlari davom etmoqda va jarayon yakunlanganidan söng töplangan hujjatlar holatga huquqiy baho beriş uçun huquqni muhofaza qiliş organlariga taqdim qilinadi”, – deyiladi Ekoqöm axborotida.