O‘zbekiston | 16:16 / 13.11.2025
12748
2 daqiqa o‘qiladi

«O‘ynashingga ishonib, ersiz qolasan» - Sirdaryo tuman soliq boshlig‘i xodimlarini haqoratladi

Ishga tayinlanganiga hali 3 oy ham to‘lmagan Sirdaryo tuman soliq inspeksiyasi boshlig‘i Tohir Elmurodov qo‘l ostidagi xodimlarni o‘ta qo‘pol gaplar bilan haqoratladi. Yig‘ilishda u shaxsiyatga tegadigan uyatsiz so‘zlarni ishlatib, soliqchilarga tahdid qilgan.

Foto: Videodan kadr

Sirdaryo tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i Tohir Elmurodov yig‘ilishda qo‘l ostidagi xodimlarni o‘ta qo‘pol so‘zlar bilan haqoratladi. Kun.uz ixtiyoriga kelib tushgan videoda u qo‘lidan hamma narsa kelishini aytib, soliqchilarga tahdid qilgan.

«Nima, eski Sirdaryoni enasini…. qilib tashlaysizlarmi yana. Itning keyingi oyog‘i qilib. Sen kabi fisq-u fasodlarni shunaqangi i….m, n…y, qayerdan kelganini bilmay qoladi. N…..a s…ya indamaganimga, hammang! Ha, o‘ziga kelib qoldi, ishlayapti deb indamay qolganimga x….t qilib, hech qaysi biring. Hali mening yomon kunimni ko‘rganlaring yo‘q. Hozir yaxshi tomonimni ko‘rsatib turibman. O‘ynashingga ishonib, ersiz qolasan, n….y. Tumtaraqay qilib tashlayman. Qo‘limdan ham keladi, qurbim ham yetadi. Qaysi biring, x….t qilayotgan bo‘lsang. Bilmayman, qanday qilib bajarasan. Yil tugab boryapti, qarzdorlik oshib yotibdi. Mana shu kun kechqurungacha bajarmagin, bitta-ikkitangni shunaqangi paypog‘ingi to‘g‘rilab qo‘yaman. Ishonib yurganingga ishonib yuraver. Ishonganing bilan i……m bitta ikkitangni. Shuni qo‘shib qo‘yay», degan Elmurodov.

Yig‘ilish qachon o‘tkazilgani haqida Kun.uz’da aniq ma’lumot yo‘q.

Tohir Elmurodov shu yilning avgust oyida Sirdaryo tuman soliq inspeksiyasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan. Bunga qadar Sirdaryo tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.

Avvalroq Qashqadaryoda Chiroqchi tumani hokimi o‘rinbosari qo‘l ostidagilarni haqoratlagan edi.

Достон Аҳроров
Muallif Достон Аҳроров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid