Özbek sömini yoqqan xorijlik fuqarolar topilib, ma’muriy jazoga tortildi. Bu haqda IIV matbuot kotibi Şoxruh Ğiyosov xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, Sirdaryo viloyati içki işlar organlari xodimlari tomonidan uşbu harakatni sodir etgan işçilar aniqlanib, ular bilan tuşuntiriş işlari olib borilgan. Voqea yuzasidan mazkur şaxslarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 184-3-moddasi (milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovatni tarğib qiluvçi materiallarni tayyorlaş, saqlaş yoki tarqatiş) bilan hujjatlar rasmiylaştirilib, sudga yuborilgan.

JIB Sirdaryo tuman sudi qarori bilan aybdorlarning har biri BHMning 100 baravari, ya’ni 41 mln 200 ming sömdan jarima jazosiga tortilgan.
“23 dekabrda Özbekiston valutasini olib, yoqdik. Qilgan işim notöğri ekanini anglab yetdim. Özbekiston xalqidan uzr sörayman. Qilgan işimdan puşaymonman”, degan huquqbuzarlardan biri.
Şuningdek, iş beruvçi tomonidan uşbu şaxslar bilan mehnat şartnomasi bir tomonlama bekor qilingan.
Avvalroq xorijiy davlat fuqarolari bölgan uç kişi 2000 sömlik banknotani yoqib, tamaki tutatgani xabar qilingandi.








