Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Holat 2024 yilda sodir bo‘lgan» - so‘kong‘ich soliqchi bo‘yicha rasmiy munosabat bildirildi
Sirdaryo tuman soliq inspeksiyasi boshlig‘i Tohir Elmurodovning qo‘l ostidagi xodimlarni o‘ta qo‘pol gaplar bilan haqoratlagani aks etgan video yuzasidan xizmat tekshiruv boshlandi. Dastlabki o‘rganishlar davomida mazkur holat 2024 yilda sodir bo‘lgani aniqlangan.
Foto: Videodan kadr
Kun.uz Sirdaryo tuman soliq inspeksiyasi boshlig‘i Tohir Elmurodov qo‘l ostidagi xodimlarni o‘ta qo‘pol gaplar bilan haqoratlagani aks etgan videoni e’lon qilgandi. Sirdaryo viloyati soliq boshqarmasi holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.
«Mazkur holat Sirdaryo viloyati soliq boshqarmasi rahbariyati tomonidan nazoratga olinib, o‘rganish ishlari olib borilyapti. Dastlabki o‘rganishlar davomida mazkur holat 2024 yilda sodir bo‘lgani aniqlandi.
Hozirda o‘rganish ishlari davom ettirilmoqda. O‘rganish yakuni bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar jamoatchilikka belgilangan tartibda taqdim etiladi», deyiladi rasmiy munosabatda.
Mavzuga oid
16:16 / 13.11.2025
«O‘ynashingga ishonib, ersiz qolasan» - Sirdaryo tuman soliq boshlig‘i xodimlarini haqoratladi
13:32 / 31.10.2025
Sirdaryoda M-34 yo‘lida yuk avtomobili yonib ketdi
10:50 / 22.09.2025
Sirdaryodagi YTHda ikki nafar voyaga yetmagan bola halok bo‘ldi
12:58 / 17.10.2024