Sport | 16:28 / 11.12.2019
8992
2 daqiqa o‘qiladi

Shohrux Gadoyev Ozarboyjon klubi bilan shartnoma imzoladi

Foto: Tribuna.uz

Toshkentning «Bunyodkor» klubi yarimhimoyachisi Shohrux Gadoyev faoliyatini Ozarboyjon chempionatida davom ettiradi, deya xabar bermoqda «Azerifootball» sayti.

«Keshli» jamoasi qishki transferlar kampaniyasini boshladi. Tarlan Axmedov murabbiyligidagi klubning dastlabki yangi futbolchisi o‘zbekistonlik futbolchi Shohrux Gadoyev bo‘ldi. 27 yoshli futbolchi yarimhimoyaning ikki qanotida ham to‘p suradi, milliy jamoasi safida 12 o‘yinda bitta golga mualliflik qilgan. Gadoyev so‘nggi klubi «Bunyodkor» safida ham 10 o‘yinda bitta gol kiritgan. «Bunyodkor»gacha esa Shohruh bir yil davomida Janubiy Koreyaning «Tejon Sitizen» klubida to‘p surgan. O‘zbekistonlik futbolchi «Keshli» bilan 1,5 yillik shartnoma imzoladi» - deyiladi xabarda.

Ma'lumot uchun, «Keshli» klubi Ozarboyjon Premer-ligasining 2019/20 yilgi mavsumi birinchi qismini 8 jamoa orasida 3-o‘rinda yakunladi.

Eslatib o‘tamiz, Bokuning «Keshli» (sobiq «Inter») jamoasida 2018 yilgi mavsumda yana bir hamyurtimiz Bahodir Nasimov to‘p surgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid