O‘zbekiston | 12:58 / 26.09.2019
24992
14 daqiqa o‘qiladi

Hukumatning Bekobod shahri bo‘yicha qarori qabul qilinadi

Vazirlar Mahkamasining “Respublika bo‘ysunuvidagi Toshkent viloyatining Bekobod shahrini 2020-2022 yillarda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi prezidentining “Respublika bo‘ysunuvidagi shaharlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019 yil 4 iyundagi PF-5738-son farmoni bilan yuklatilgan aniq vazifalar ijrosini ta'minlash uchun Bekobod shahrida 2020-2022 yillarda bajariladigan asosiy tadbirlar quyidagilar etib belgilanadi:

birinchidan, Bekobod shahrining Bosh rejasini tanqidiy o‘rganib, yo‘l-transport infratuzilmasi, shoh ko‘chalar, ko‘p qavatli uylar qurilishi, parklar, bulvarlar, zamonaviy savdo markazlari, infratuzilma obektlari va sanoat zonalarini joylashtirish masalalarini muhandislik tarmoqlari bilan birgalikda ko‘rib chiqib, takliflarni tayyorlash hamda yaqin 3-5 yillik shaharsozlik vazifalarini belgilab olish;

arxitekturaviy qiyofani zamonaviylashtirish, ko‘p qavatli uy-joy fondini sifat jihatdan yaxshilash, kommunal xizmat ko‘rsatish tizimini tubdan takomillashtirish, aholiga sifatli kommunal xizmat ko‘rsatishni joriy etish; 

muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari, xususan ichimlik suvi va kanalizatsiya tizimlarini qaytadan qurish, avtomobil yo‘llari va ichki ko‘chalar holatini yaxshilash, shahar ko‘chalaridagi massivlarda tungi yoritish tizimlarini yangidan zamonaviy holatga keltirish;

ichki va shaharlararo yo‘nalishlarda harakatlanuvchi jamoat transportlarining yangi yo‘nalishlarini tashkil etib, aholiga sifatli va qulay transport xizmatlarini ko‘rsatishni tashkil etish;

transport xizmatlarini ko‘rsatuvchi yangi xususiy korxonalar tashkil etib, ularni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash orqali zamonaviy jamoat transport vositalarini xarid qilish;

ikkinchidan, shaharda ekologik muhitni yaxshilash, aholi salomatligiga salbiy ta'sirni kamaytirish choralarini ko‘rish, ko‘kalamzorlashtirish, daraxtlarni o‘tqazish va yashil maydonlar, gulzorlar tashkil etish tadbirlarini amalga oshirish;

bunda, mazkur tadbirlarni amalga oshirish uchun shaharlarda ochiq va yopiq yer osti sug‘orish tizimlarini barpo etib, irrigatsiya tarmoqlarini bugungi kun talabida qayta tiklash;

uchinchidan, ijtimoiy soha muassasalari holatini yaxshilash, binolarini ta'mirlash, hududlarini obodonlashtirish, jihozlarini yangilash, mutaxassislarni malakasini va xizmat madaniyatini oshirish orqali ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatini keskin oshirib, bu sohada xususiy sektor ulushi ko‘paytirish;

zamonaviy tibbiy xizmat ko‘rsatish klinikalari va tashxis markazlarini barpo etish;

xotin-qizlarni turli kasblarga o‘rgatish hamda qizlarni hayot maktabiga tayyorlashga ixtisoslashgan o‘quv markazlari faoliyatini keng yo‘lga qo‘yish;

to‘rtinchidan, aholining ma'naviyati va madaniyatini o‘stirish bilan aloqador tizimli tadbirlarni amalga oshirish, xususan qarovsiz qolgan va zarur darajada foydalanilmay turgan madaniyat va san'at saroylarini yangidan ta'mirlab, soha uchun zarur bo‘lgan jihozlar bilan ta'minlash; 

beshinchidan, o‘sib kelayotgan yoshlarni sportga keng jalb etish uchun davlat umumta'lim maktablarida samarasiz foydalanilayotgan sport maydonlarida, sport zallarida davlat sherikchilik va boshqa asoslarda tashabbuskorlar, Yoshlar ittifoqi, Sport vazirligi bilan hamkorlikda yoshlarni, shuningdek o‘rta yoshdagi aholini sportga jalb etish;

oltinchidan, shaharlar ichidan oqib o‘tuvchi suv bo‘yi hududlarini obodonlashtirish, aholi ko‘ngil ochar maskanlarini, sayilgohlarni barpo etish;

ko‘p qavatli uylar orasida sun'iy qoplamali futbol, basketbol maydonlari va maydonchalari, bolalar maydonchalari barpo etish hamda dam olish, hordiq chiqarish o‘rindiqlarini o‘rnatish;

yettinchidan, aholining madaniy hordiq chiqarishi uchun zamonaviy parklar barpo etilib, ularda zamonaviy ko‘ngil ochar xizmat ko‘rsatish turlari tashkil etish;

sakkizinchidan, aholining ish bilan bandligini oshirish hamda ishsizlik darajasini so‘nggi 3 yilda 5 foiz darajagacha pasaytirish maqsadida, tadbirkorlarni jalb etgan holda sanoat va xizmat ko‘rsatish sohalarini, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash tarmog‘ini jadal rivojlantirish;

sanoat tarmoqlarini rivojlantirish uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish hajmini keskin oshirish, mahalliy xom-ashyodan eksportbop mahsulot ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish orqali shahar iqtisodiyotiga valuta tushumini ko‘paytirish borasida samarali ishlarni tashkil etish;

mavjud kichik sanoat zonalari ishtirokchilari faoliyatini qo‘llab-quvvatlab, yangi hududlarda istiqbolli loyihalarni joylashtirish yo‘li bilan sanoat zonalarini tashkil etish;

to‘qqizinchidan, soliqqa tortish bazasini kengaytirish orqali mahalliy budjetga daromadlar tushumini keskin oshirish.

Quyidagilarni o‘z ichiga oluvchi Respublika bo‘ysunuvidagi Toshkent viloyatining Bekobod shahrini 2020-2022 yillarda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlar dasturi tasdiqlanadi:

kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturining moliyalashtirish manbalari;

sanoat va xizmat ko‘rsatish sohasini kompleks rivojlantirish, sanoat mahsulotlari, jumladan eksportbop mahsulot ishlab chiqarishni oshirish, tadbirkorlik sub'yektlarini qo‘llab-quvvatlash, yangi ish o‘rinlari, xususan ayollar uchun ish o‘rinlarini yaratish, bo‘sh turgan va samarasiz foydalanilayotgan bino-inshootlardan, yer maydonlaridan samarali foydalanish hamda mahalliy budjet daromadlarini oshirish tadbirlari;

muhandislik-kommunikatsiya, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish infratuzilmasini jadal rivojlantirishga hamda aholining turmush sharoitini yaxshilashga zamin yaratuvchi kompleks tadbirlar;

maktabgacha ta'lim muassasalari, umumta'lim maktablari, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport sohalarini moddiy-texnik ta'minotini yuqori darajaga ko‘tarish, ushbu sohalarda ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifati hamda qamrovi darajasini keskin oshirish, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga asos yaratuvchi xalq ta'limi, sog‘liqni saqlash, madaniyat, ma'rifat bo‘yicha kompleks tadbirlar;

ko‘p qavatli o‘y-joylarni boshqarish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan kommunal xizmatlar sifatini tubdan oshirish, obodonlashtirish, ekologik muhitni yaxshilash, shahar aholisiga munosib yashash sharoitini yaratish bo‘yicha kompleks tadbirlar.

Dastur parametrlari bajarilishini ta'minlash bo‘yicha davlat va xo‘jalik boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, tijorat banklari faoliyatini muvofiqlashtirish va monitoring qilish bo‘yicha respublika ishchi guruhi tarkibi tasdiqlanadi.

Bosh vazir maslahatchisi (Sultonov), “Hudud gaz ta'minot” AJ (Eshmurodov), Toshkent viloyati hokimligi (Xolmatov) Bekobod shahridagi “Keramika ogneupor” MChJ, “Bek-madad-qurilish” MChJ va “National porcelain” MChJ korxonalari tomonidan eksportbop va import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarilishini inobatga olib, uzluksiz tabiiy gaz bilan ta'minlaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, Qurilish vazirligi, Toshkent viloyati hokimligi va Bekobod shahar hokimligi:

Dasturga kiritilgan loyihalar ijrosini ta'minlashda loyiha tashabbuskorlariga yer tanlash va ajratishni belgilangan tartibda, bosh rejaga asosan amalga oshiradi;

“O‘zshahar qurilish invest” injiniring kompaniyasi bilan birgalikda 2020-2022 yillarda Bekobod shahrida 15 ta arzon 5-7 qavatli ko‘p kvartirali uylarni qurilishini ta'minlash choralarini ko‘radi.

Toshkent viloyati yer uchastkalari berish amaliyotini o‘rganish bo‘yicha komissiya shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiq Toshkent viloyati va Bekobod shahar hokimliklari, O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, “ToshkentboshplanLITI” DUK, “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi bilan birgalikda:

Bekobod shahar G‘ofur G‘ulom ko‘chasida 5 ta tashabbus doirasida Yoshlarni ma'naviy yuksaltirish maqsadida markaz tashkil etish uchun yer maydoni ajratish;

har bir sektor hududlarida aholining takliflaridan kelib chiqib, tijorat va ijtimoiy ko‘p qavatli uylar qurilishi uchun zarur yer maydonlari ajratish;

Bekobod shahar Turon ko‘chasida biznes markazi qurilishi uchun yer maydoni ajratish;

Bekobod shahar Turon ko‘chasida zamonaviy mehmonxona qurilishi uchun yer maydoni ajratish;

“Keramika ogneupor” MChJ va “Agro universal omad” DX zamonaviy issiqxona va bog‘ tashkil etish uchun korxonalarga tutash bo‘lgan bo‘sh yer maydonlarida zarur yer maydonlarini ajratish;

Bekobod shahrida joylashgan Xalqaro "Bekobod Avto" posti yonida kemping majmuasi qurish uchun yer maydoni ajratish hamda loyihalar uchun yer maydoni ajratilishi ta'minlaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi, Madaniyat vazirligi, Qurilish vazirligi, “ToshkentboshplanLITI” DUK, “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi bilan birgalikda:

shaharning Bosh rejasiga asosan Turon ko‘chasida yangi Xotira maydoni qurilishi munosabati bilan Buyuk ipak yo‘li ko‘chasidagi eski Xotira maydonini demontaj qilinishini amalga oshiradi.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati chegara qo‘shinlari, Tashqi ishlar vazirligi, Qurilish vazirligi, Moliya vazirligi, Mudofaa vazirligi, “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi, Toshkent viloyati va Bekobod shahar hokimligi;

Bekobod shahrining qo‘shni Tojikiston Respublikasi bilan chegaradosh hududida qolib ketgan “Jomiy” mahalla fuqarolar yig‘inidagi 127 ta, “Bunyodkor” mahalla fuqarolar yig‘inidagi 142 ta hamda “H.Olimjon” mahalla fuqarolar yig‘iniga qarashli “Qardoshlik–2” aholi yashash punktidagi 31 ta jami 300 ta aholi xonadonlarini demarkatsiya qilish bo‘yicha Tojikiston Respublikasi Hukumati bilan muzokaralar o‘tkazadi;

xonadonlarni mamlakat ichkarisiga ko‘chirish zaruriyati tug‘ilganda Bekobod tumani “Bobur” fermerlar uyushmasi hududidan 40 ga yer maydonini uy-joylar qurilishi uchun ajratiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, “Toshkent-boshplanLITI” DUK, “Yergeodezkadastr” qo‘mitasi, “Qishloqqurilishinvest” IK, “O‘zmetkombinat” AJ, “Bekobodsement” AJ, Toshkent viloyati va Bekobod shahar hokimliklari:

Bekobod shahar "O‘zbekiston" mahallasi hududidagi 1928-1945 yillarda barak tipida qurilgan uy-joylarda yashovchi 509 ta aholi xonadonlarini ko‘chirish uchun "Mustaqillikning 27 yilligi" dahasidan yer maydoni ajratish va ushbu yer maydonlarida 2 sotixli namunali uy-joylar qurilishi 2020-2022 yillarda “O‘zmetkombinat” AJ mablag‘lari hisobidan amalga oshirish;

Bekobod shahar "Birdamlik" mahallasi "Shoxbekat", "Qardoshlik" va “Vatanparvar” tor ko‘chalarida 1930-1950 yillarda qurilgan barak tipidagi uy-joylarda yashovchi 47 ta aholi xonadonlarini “Bekobodsement” AJ korxonasi himoya hududida joylashganligi sababli mazkur xonadonlarni ko‘chirish uchun “Istiqlol” mahalla fuqarolar yig‘ini Paxtaobod ko‘chasidan yer maydoni ajratish va ushbu yer maydonida 2 sotixli namunali uy-joylar qurilishi 2020-2022 yillarda “Bekobodsement” AJ mablag‘lari hisobidan amalga oshirish ta'minlaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, Toshkent viloyati hokimligi, “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi va “ToshkentboshplanLITI” DUK bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 31 yanvardagi 69-sonli qaroriga binoan Bekobod shahrini 2035 yilgacha mo‘ljallangan Bosh rejasiga asosan shahar hududini chegarasini kengaytirish bo‘yicha Oliy Majlis va Senat qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.

O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi, Qurilish vazirligi, “ToshkentboshplanLITI” DUK, “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi Toshkent viloyati va Bekobod shahar hokimligi bilan birgalikda shahar markazidan o‘tgan "Xas-yaz" kanalining qirg‘oqlariga tutash hududlarni obodonlashtirish va qirg‘oq bo‘yi hududlarini mustahkamlash, atrofida sayilgoh tashkil etish loyihasi tadbirlarini amalga oshiradi.

“O‘zmetkombinat” va “Bekobodsement” aksionerlik jamiyatlari tomonidan ishlab chiqarish jarayonida atmosferaga chiqayotgan chiqindilarni shahar aholisiga zararini kamaytirish, shaharda ekologik vaziyatni yumshatish va yaxshilash maqsadida shaharning barcha mahalla fuqarolar yig‘inlari hududidagi ko‘chalarda manzarali daraxtlar ekish, sug‘orish quvurlarini o‘rnatish, tomchilatib sug‘orish tizimini va guldonlar tashkil etish hamda ko‘kalamzorlashtirish ishlarini o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshiradi.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Toshkent viloyat hokimligi bilan birgalikda Bekobod shahar hududidagi ko‘chalarni, xiyobonlarni hamda mavjud qabristonlarni xatlovdan o‘tkazib, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini yaxshilash maqsadida shahar Obodonlashtirish boshqarmasiga normativ hujjatlar asosida qo‘shimcha shtat birligi ajratish chorasini ko‘radi.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Toshkent viloyati hokimligi, Bekobod shahrida ekologik muhitni yaxshilash, ayniqsa ko‘p qavatli uylar joylashgan mahallalardagi maydonlarda manzarali-havoni tozalovchi, kislorod beruvchi daraxtlarni o‘tqazish, maysazorlar va gulzorlarni tashkil etib, aholiga munosib yashash sharoitlarini yaratish maqsadida, “O‘zshaharsozlikLITI” DUK tomonidan ishlab chiqib tasdiqlangan sxema asosida shaharni sug‘orish tizimini barpo etish uchun 2020-2022 yillarda investitsiya dasturi doirasida zarur mablag‘larni ajratilishini ta'minlaydi.

Toshkent viloyati hokimligi Bekobod shahri sug‘orish tizimini loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, ekspertizadan o‘tkazish va loyiha-smeta hujjatlari asosida Investitsiya dasturiga kiritgan holda moliyalashtirish hamda ijroga qaratilishini ta'minlaydi.

Mavzuga oid