Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonliklar turistik maqsadda eng ko‘p qaysi davlatga chiqayotgani aytildi
2024 yilning yanvar-mart oylarida qariyb 1,3 mln nafar o‘zbekistonliklar turistik maqsadlarda xorijga safar qilgan.
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 365,6 ming nafarga yoki 40,7 foizga oshgan.
O‘zbekistonliklar turistik maqsadlarda eng ko‘p safar qilgan davlatlar reytingida Qirg‘iziston birinchi o‘rinni egallab turibdi — 559,1 ming nafar.
Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinishga ega:
- Tojikiston — 260,8 ming nafar;
- Qozog‘iston — 184,1 ming nafar;
- Saudiya Arabistoni — 70,6 ming nafar;
- Rossiya — 50,3 ming nafar;
- BAA — 38,5 ming nafar;
- Turkiya — 34,4 ming nafar;
- Kuvayt — 13,8 ming nafar;
- Misr — 8,2 ming nafar;
- Tailand — 6,2 ming nafar;
- boshqalar — 37,1 ming nafar.
Mavzuga oid
10:59 / 10.04.2026
O‘zbekistonliklar o‘qish uchun eng ko‘p Rossiya va Koreyaga ketmoqda
09:29 / 10.04.2026
O‘zbekistonliklar 2 oyda tibbiy xizmatlarga 3,5 trln so‘m sarfladi
09:15 / 02.04.2026
Ta’lim xizmatlari O‘zbekistonda o‘sish sur’ati bo‘yicha yetakchi bo‘ldi
09:40 / 31.03.2026