O‘zbekiston va Janubiy Koreya parvozlar sonini ko‘paytirishga kelishib oldi
O‘zbekiston va Janubiy Koreya ikki mamlakat o‘rtasida sayohatga bo‘lgan talabning ortib borayotgani sababli parvozlar sonini ko‘paytirishga kelishib oldi. Bu haqda Yonhap xabar bergan.
Toshkentda bo‘lib o‘tgan muzokaralarda aviatsiya rasmiylari haftasiga reyslar sonini hozirgi sakkiztadan o‘ntaga ko‘paytirishga kelishib oldilar.
«Janubiy Koreya va boshqa oltita mamlakat fuqarolari uchun vizalar bekor qilingandan beri mamlakatga safar qilish talabi sezilarli darajada oshdi», dedi Janubiy Koreya Transport vazirligi vakili.
So‘nggi uch yil ichida yo‘nalishdagi yo‘lovchilar soni yiliga o‘rtacha 10,3%ga oshdi, biroq payshanba yoki shanba kunlari parvozlar amalga oshirilmagan.
2017 yilda 226 353 yo‘lovchi parvozlarni amalga oshirdi (2016 yilda 196 175, 2015 yilda esa - 186 554).
Mavzuga oid
02:35 / 12.11.2024
NBC: Janubiy Koreya prezidenti Tramp bilan uchrashuv oldidan golf mashg‘ulotlarini qayta boshladi
17:52 / 11.11.2024
LG dunyodagi birinchi cho‘ziluvchan displeyni namoyish qildi
12:38 / 11.11.2024
Alisher Abdusalomov Janubiy Koreya prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi
00:08 / 11.11.2024